O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


 Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy-



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
indikativ rejalashtirish

1.3. Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatlarni tartibga solishdagi roli 
Tadbirkorlar ichida sodir bo’layotgan voqealarni sust kuzatuvchi 
insonni uchratish qiyin. Istalgan mulkdor o’zining shaxsiy manfaatlarini 
boshqa insonlar ehtiyojlaridan foydalangan holda amalga oshirishga intiladi. 
Bu esa faoliyat maqsadlari va ularga erishish bo’yicha sa’y-harakatlarni 
anglab etishni talab qiladi. Shuning uchun xo’jalik yurituvchi subyekt 
darajasida prognozlashtirish jarayoni monand ravishda unda hayotning 
obyektiv shart-sharoitlarini tushunishga tadbirkorlik manfaatlarini aks 
ettiruvchi subyektiv omillar qo’shimcha qilinadigan rejalashtirish 
jarayoniga aylanadi. Biznesda subyektiv omillarga rejalar orqali erishiladi. 
Reja – bu xo’jalik yuritish muhitining kon’yunkturali prognozi 
asosida barpo etilgan bo’lib, ijrochilar, vaqt va resurslar bilan 
ta’minlangan tadbirkorlik subyekti tomonidan oldinga qo’yilgan 
maqsadlarga erishish ishchi vositasidir. 
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi quyidagi asosiy so’zlarni o’zida 
mujassam etgan: 
"Vosita" –
bu reja maqsadning o’zi emas, balki maqsadga erishish 
vositasi ekanligini anglatadi. Maqsadga erishish vositalarining majmui 
iqtisodiy, ruhiy, tijorat, tashkiliy, kadrlar, texnologik va boshqa haraktlarni 
o’z ichiga oladi. Maqsadga erishish vositalari o’zgarishi mumkin va 
“ishchi vositasi” tushunchasining mazmuni ana shundan iborat. Bunday 
yondashuv rejani moslashtirishning uning barqarorligidan usunligini 
anglatadi; 
"Oldinga qo’yilgan mahsadlarga erishish" –
xo’jalik yuritish obyekti 
xodimlarining shaxsiy va jamoaviy manfaatlarining qoniqishini belgilab 
beradi. Maqsad – istalgan natija va rejadagi intilishlar markazi sifatida 
belgilangan muddatga aniq amalga oshirilishi lozim
«Kon’yunktura prognozi asosida»
– bu shuni anglatadiki, reja 
ijrochilarining subyektiv harakatlari asosida ularning xo’jalik muhiti 
mavjud bo’lishining obyektiv qonuniyatlarini tushunishi va undan 
foydalanishi: bozor mexanizmini bilish va rejalashtirishning dastlabki 
qismi sifatida prognozni ishlab chiqish yotadi; 
"Ijrochilar, vaqt va resurslar bilan ta’minlangan"
– shuni 
anglatadiki, harakatlar rejasi resurslar bilan ta’minlanishi shart, ya’ni ijro 
etish muddatlari bo’yicha moddiy, mehnat, moliyaviy va intellektual 
resurslar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bunday ta’minotsiz reja 
hayolga aylanadi. 


21 
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi asosida rejalashtirishning asosiy 
maqsadi va asosiy vazifasini ta’riflash mumkin. 
Rejaning asosiy 
maqsadini
amalga oshirilgan voqea tashkil etadi. 
Rejalashtirishning asosiy 
vazifasi
ijrochilar, vaqt va resurslar bo’yicha muvazanatlashgan mavjud 
resurs cheklovlari sharoitida harakatlarni tanlashdan iborat. 
Rejaning asosiy xususiyatlari: 
• kelajakka faol ta’sir ko’rsatish; 
• kelajak haqida subyektiv tasavvurni aks ettirish; 
• boshqaruv faoliyatining bir turi hisoblanadi; 
• istalgan maqsadga erishish uchun foydalanilishi mumkin; 
• kelgusi rivojlanishning son modelini o’zida namoyon qiladi; 
• kelajakni amalga oshirish uchun javobgarlikni nazarda tutadi
• xo’jalik yuritishning tashqi muhiti shart-sharoitlari, shu jumladan 
bozor kon’yunkturasining hisobga olinishini aks ettiradi; 
• xo’jalik yuritishning ichki muhiti imkoniyatlarini, shu jumladan 
mavjud resurslarni hisobga oladi; 
• real, ya’ni bajariladigan bo’lishi kerak; 
• faoliyat ko’rsatishning eng qulay sharoitlariga erishish uchun xatti-
harakat tartibini belgilaydi; 
• kelajakdagi harakatlarning motivastiyalangan sxemasi hisoblanadi; 
• xodimni qiziqtirish va uning ishini baholashning bosh omili 
hisoblanadi; 
• fors-major holatlar uchun zahiralarga ega bo’lishi kerak; 
• ijrochilar uchun javobgarlik choralarini nazarda tutishi lozim; 
• firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari manfaatlarini aks ettirishi 
kerak; 
• yozma ravishda hujjatli rasmiylashtiriladi; 
• firmaning ichki hujjati hisoblanadi; 
• sheriklar va sarmoyadorlar bilan alohalarni o’rnatish uchun 
foydalaniishi mumkin, buning uchun odatda rejaning qisqartirilgan 
variantidan foydalaniladi; 
• firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi; 
• vaqtga ko’ra ancha barqaror bo’lishi kerak; 
• ishning yangi sharoitlariga moslashish imkoniyatiga ega bo’lishi 
lozim. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə