O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
indikativ rejalashtirish

jadallashtirish
yuzasidan istaklar ko’rinishida 
prognozlashtirishning me’yoriy usulidan foyddalanildi. Umuman olganda 
iqtisodiy prognozlashtirishning sho’rolar amaliyoti uchun «tonnel 
dunyoqarash» 
xos 
bo’lib, 
unda 
hisob-kitoblarda 
iqtisodiy 
munosabatlarning haqiqiy qonuniyatlari hisobga olinmadi, talab va 
taklifning o’zgarishlari haqidagi ma’lumotlar noma’lum edi, narxlar qat’iy 
belgilangan edi, prognozlar parametrlari esa alohida korxona ishining 
samaradorligini aks ettirmadi. 
Sostialistik lager tarkibiga kiruvchi turli mamlakatlar rejalarini 
muvofiqlashtirish 
masalalari, 
shuningdek 
milliy 
iqtisodiyotlarni 
integrastiyalash, ularning hamkorligi va o’zaro yordam ko’rsatishini 
rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan 
shug’ullauvchi yagona organ – Iqtisodiy O’zaro yordam Kengashi 
(SEV)ning tashkil etilishi prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidagi 
muhim voqea bo’ldi. 
Sobiq ittifoq xalq xo’jaligini rejalashtirishning boy tajribasini 
umumlashtirgan holda, nafaqat uning yaqqol ustunlik tomonlarini, balki 
davlat miqyosidagi rejali xo’jalik kamchiliklarini ham ta’kidlash lozim. 
Rejali xo’jalikning 
ustunlik tomonlari
quyidagilardan iborat edi: 
• rejalarda jamiyatni rivojlantirish ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarining 


39 
o’zaro bog’liqligi; 
• kuchlarni faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini bajarishga jamlash; 
• muammoni hal etishga nisbatan yalpi yondashuv; 
• uzluksiz istiqboliy va joriy rejalashtirish imkoniyatlarining hisobga 
olinishi; 
• tarmoq va hududiy yondashuvlarning uyg’ulashuvi; 
• mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni muvazanatlashtirishga 
urinish.
Mamlakatning rejali tizimi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan 
xatolarning oldini olish umidida tashkil etildi. Amalda shunday bo’lib 
chiqdiki, rejali tizimda muvazanatlashuvga erishishga intilishda 
xatolarning soni nafaqat kamaymaydi, balki ular yanada tez-tez 
uchraydigan va yanada jiddiy xatolarga aylanadi. 
Markazlashgan tarzda rejalashtirishning 
kamchiliklari
jumlasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
• tovar-pul munosabatlari rivojlanishi tabiiy qonunlari va 
tendenstiyalarining etarlicha hisobga olinmasligi; 
• “har qanday yo’l bilan reja” tamoyili bo’yicha faoliyat maqsadi 
rejaning iqtisodiy munosabatlar ustidan o’ziga xos fetishi sifatida reja 
rolining ortishi; 
• turli mintaqalar korxonalari to’liq faoliyat yuritishi uchun 
maydonning mavjud emasligi va yuzaga kelgan rejalashtirish tizimining 
beso’naqayligi; 
• zahiralar, tashabbus, mikrodarajaning xilma-xilligini hisobga 
olmaydigan rejalashtirishning metodologik jihatdan zaifligi; 
• kuchlarning boshqaruvchi partiya tomonidan tanlangan maqsadlar 
foydasiga olib qo’yilishi; 
• hayotning boshqaruvchi partiya tomonidan istiqbolsiz deb e’tirof 
etilgan alohida tomonlari, masalan, kibernetika, genetikaning unutilishi; 
• reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, 
aniqlashtirish va ularning barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun kuchlar, 
vaqt va mablag’larning ko’p sarflanishi.
Biroq sobiq ittifoqning davlat tomonidan rejalashtirish tajribasi 
markazlashgan tarzda rejalashtirishning istiqbolsizligini isbotlab berdi, u 
jamiyat rivojiga to’sqinlik qilgan holda, davlatning ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanish borsaida cheksiz taqsimlovchi huquqqa ega 
bo’lishiga, qat’iy markazlashuvga, investistiyalar, ishlab chiqarish va 
iste’mol, ish haqining belgilanishi va narxlarning qotirilishi ustidan 
nazorat qilinishiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun rejalarning 


40 
ortiqcha tabaqalashtirilishiga, tasdiqlangan ko’rsatmalarga muvofiq 
o’zining iqtisodiy manfaatlariga zid ravishda harakat qilishga majbur 
bo’lgan korxonalar mustaqilliginig cheklanishiga, iqtisodiyotning ko’plab 
sohalari, shu jumladan tashqi savdoning monopollashuviga olib keldi. Shu 
tariqa yagona davlat rejasining ustunliklarini pirovardida uning 
kamchiliklari bosib ketdi. Iqtisodiyotning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi 
va markazlashgan tarzda rejalashtirish bir-biriga o’xshash bo’lib qoldi. 
Lekin, sobiq ittifoqda davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda 
rejalashtirishning salbiy baholanishiga qaramay uning ustunlik tomonlari 
jahonning boshqa mamlakatlari tomonidan e’tirof etildi. Xorijiy 
mamlakatlarning ayrim iqtisodchilari hamon bunday rejalashtirishning 
ustunlik tomonlari va to’liq foydalanilmagan imkoniyatlari haqida o’z 
fikrini bildirishda davom etmoqda. Bunday nuqtai nazar tarafdorlari 
shundan kelib chiqishadiki, murakkab industrial stivilizastiya markazning 
aralashuvisiz hal etilmaydigan muammolarni keltirib chiqaradi. Ularning 
hisoblashlaricha, agar markazlashgan muvofiqlashtiruvchi organ mavjud 
bo’lmasa, u holda jamiyat hayoti tartibsiz ko’rinish olishi mumkin. 
Shuning uchun turli mamlakatlar markazlashgan tarzda rejalashtirish 
imkoniyatlariga yana takror qaytishi ehtimoldan holi emas, lekin 
buyruqbozlik 
davlat 
tomonidan 
rejalashtirish 
shakllari, 
albatta, 
rivojlanishning yangi omillari bilan belgilangan holda boshqacha bo’ladi. 
Sobiq ittifoqda prognozlashtirish korxona darajasiga nisbatan 
ko’proq davlat darajasida rivojlandi. Prognozlar turli ITI bo’limlarida, 
laboratoriyalarda va OO’Yu kafedralarida ishlab chiqildi. Prognoz 
ishlanmalarining boshqaruv muammolari yuzasidan tahliliy tadqiqotlar 
bilan xufyona organik bog’liqligini ta’kidlash mumkin. Prognozlar 
faoliyatning turli sohalarini: gidrometeorologiya, geologiya, tibbiyot, 
ekologiyani qamrab oldi, kosmosni o’zlashtirish sohasida ilmiy-texnikaviy 
prognozlar, sostiologik, demografik, iqtisodiy, arxitektura va shahar 
qurilishi, ichki va tashqi siyosiy, harbiy prognozlar ishlab chiqildi. Ilmiy-
texnikaviy va iqtisodiy prognozlar rivojlanishning istiqboliy rejalari va 
dasturlarini ishlab chiqish amaliyotida, xalq xo’jaligini boshqarish 
organlarining ishida qo’llanildi. 
Barcha prognozlar ichida 15 yillik davrga mo’ljallangan 
prognozlarning ulushi katta bo’ldi. Prognozlashtirishning ekstrapolyastiya, 
ekspert yo’li bilan baholash kabi usullari va "maqsadlar daraxtlari" 
usullaridan keng foydalanildi.
Yuqoridagi fikrlar negizida prognozlashtirish va rejalashtirish 
amaliyotining qator kamchiliklarini ko’rsatish mumkin: 


41 
• prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalarining etarlicha 
ishlab chiqilmaganligi; 
• prognozlashtirishni rivojlantirish, shu jumladan axborot almashish 
va kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarning 
etarlicha muvofiqlashtirilmaganligi; 
• prognozlar ijrochilarining prognozlashtirishning ko’plab usullari 
haqida to’liq bilimga ega emasliklari
• prognozlarni ishlab chiqish uchun axborot bazasining torligi, 
ko’plab ma’lumotlarning sir tutilishi; 
• prognozlarning ayrim turlarini bajarish uchun katta xarajatlar 
qilinishi; 
• prognozlarni ishlab chiqish maqsadlarining aniq ifodalanmasligi, 
ko’pincha prognoz va reja ko’rsatkichlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikning 
mavjud emasligi; 
• retrospektiv va prognoz axborotidan foydalanishda istiqbollarning 
o’zgarib turishi; 
• prognozlarni bajarish uslubiyotlari va tartibotlarining etarlicha 
ishlab chiqilmaganligi. 
Shunday qilib, iqtisodiy o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish 
evolyustiyasi iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarga anglab etish uchun 
muammolar, yutuqlar va kamchiliklardan tarkib topgan boy materialni 
taqdim etadi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə