O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
indikativ rejalashtirish

kursining predmeti
hisoblanadi. Har qanday boshqarish prognoz yoki 
reja shaklida ilmiy oldindan ko’ra bilishni talab qiladi. Bu - xo’jalik 
yuritishning istalgan sohasini boshqarish aksiomasi. Biroq firmaga istalgan 
prognoz yoki reja emas, balki kelajakning yaxshi asoslangan timsoli kerak. 
Haqiqiy voqealarning nazarda tutilayotgan voqealarga mos kelishi 
asoslash sifatining bosh mezoni bo’ladi, bu firmani tanlangan xo’jalik 
yuritish maqsadlariga yaqinlashtiradi. Xo’jalik yuritish subyekti va obyekti 
sifatida firma faoliyati davlat iqtisodiyotining tashkiliy tizimi doirasida 


16 
ko’rib chiqiladi. Biznes o’z munosabatlarining takroriy namoyon etilishi, 
ularning moslashuvchanligi va ijtimoiy jarayonni ta’minlash qobiliyati 
bilan tavsiflanadi, bu hamma vaqt hozirgi holatning o’zgarishi va 
kelajakka ta’sir etish bilan bog’liq, chunki iqtisodiy oldindan ko’ra bilish 
o’tmishni aks ettiradi, hozirni o’z ichiga oladi va kelajakni ko’zlaydi. 
Ushbu fanni o’rganish jarayonida mutaxassis iqtisodiy asoslash 
vositalari sohasida bilim oladi. Biroq ushbu vositalar qanchalik aniq 
bo’lmasin iqtisodiyotning haqiqiy asoslarini tushunmasdan turib ular hech 
qachon samarali natijaga olib kela olmaydi. Faqat iqtisodiy oldindan ko’ra 
bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendenstiyalar, hodisalar, 
kategoriyalar va o’zaro bog’liqliklarning mohiyatini bilish asosida 
haqqoniy foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish 
qonuniyatlari 
va 
tendenstiyalari 
iqtisodiy 
nazariya, 
makro 
va 
mikroiqtisodiyot, marketing, menejment, moliya, audit kabi ko’plab fanlar 
tomonidan o’rganiladi. Aslida, kelajakni oldindan ko’ra bilish – bu 
aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin ushbu holat nuqtai nazaridan 
kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisob-kitoblar metodologiyasini 
anglab etish imkonini aynan ushbu fan beradi. Prognozlashtirish va 
rejalashtirishning 
mazmuni
iqtisodiy nazariya tomonidan belgilanadi; 
rejalashtirish shakli
menejmentga bog’liq bo’lib, u rejalashtirishni 
boshqaruvning bir qismi sifatida ko’rib chiqadi; rejali ishlanmalar 
uslubi
marketing texnologiyalari 
bilan bog’liq. Lekin barcha reja va prognoz 
hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini
iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi 
yagona metodologiyaga amal qiladi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə