O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
indikativ rejalashtirish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


13 
KIRISH 
 
O’zbekistonda mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab 5 
tamoyil asosida
1
amalga oshirilgan institustional islohotlar natijasida 
shakllangan xususiy mulk ustuvor bo’lgan ko’p ukladli iqtisodiyotni 
boshqarish, uni tarmoq va korxonalarini tartibga solishning tubdan yangi 
tizimi barpo etildi. Ana shu yaratilgan tizimni uzviy bir qismini 
iqtisodiyotni boshqarishning muhim funkstiyasi sifatida mamlakatimizda 
qabul qilingan ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish va 
rejalashtirish konstepstiyasi tashkil etadi. Konstepstiyaning asosiy 
bosqichlarini 
amalda 
ijrosini 
ta’minlash 
prognozlashtirish 
va 
rejalashtirishning turli usul va vositalarini qo’llashni taqozo qiladi. 
Ana 
shunday 
vositalardan 
biri 
jahon 
amaliyotida 
keng 
qo’llaniladigan indikativ rejalashtirish hisoblanadi. Indikativ rejalashtirish 
bozor iqtisodiyotini davlat yo’li bilan tartibga solishning muhim vositasi 
sifatida uzoq takomillashuv yo’lini bosib o’tdi va o’zining yuqori 
samaradorligini ko’rsatdi. 
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodining rivojlanishi va uning globallashuvi 
sharoitida indikativ rejalashtirish o’zining strategik shakliga ega bo’ldi va 
alohida fan sifatida shakllandi. 
Ushbu fanning so’nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuz bergan 
moliyaviy – iqtisodiy inqirozi kabi vaziyatlarni oldindan ko’ra bilish 
vositasi sifatida roli beqiyosdir. Gap shundaki, indikativ rejalashtirish 
iqtisodiy o’sish, moliyaviy oqimlarni prognozlashtirishni, ularni real 
iqtisodiy jarayonga yaqin bo’lgan holatini aniqlashga imkon beradi. Shu 
bilan bir vaqtda indikativ rejalashtirish ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish 
maqsadlariga erishishning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot sohasidagi bo’lajak mutaxassislar o’rganadigan fanni 
o’zida namoyon etuvchi taklif etilayotgan “Indikativ rejalashtirish” o’quv 
qo’llanmasi ushbu vazifalar mazmun – mohiyatini va zaruriyatini tushunib 
etishga yordam beradi. Indikativ rejalashtirishning tarkibiy shaklining 
qaror topishi, bu borada etakchi rivojlangan mamlakatlarning indikativ 
rejalashtirish tajribalarini o’rganishni faollashtirish asosida O’zbekistonda 
indikativ rejalashtirishning tashkiliy – huquqiy asoslarini yaratish, milliy 
iqtisodiyotning global muammolarini hal etish bo’yicha strategik qarorlar 
qabul qilishga zamin yaratadi.
O’quv qo’llanma 12 bobdan iborat bo’lib, uning har bir qismi ushbu 
1
И. Каримов Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. – 
Б.10-11. 


14 
fan o’quv dasturiga kiritilgan mavzular mazmunini ochib berishga 
qaratilgan bilimlarni o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanma “Indikativ 
rejalashtirish” fani bo’yicha ilk bor yozilgan o’quv adabiyoti hisoblanadi. 
Shu bois ushbu qo’llanmani yaxshilash yuzasidan xolisona bildirilgan 
takliflarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladi. Ularni Toshkent 
davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasiga yo’llash 
mumkin. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə