Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122508
  1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja



MAVZU-11. MAKROIQTISODIY PROGNOZLASH MODELLARI 
Reja: 
1. Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi
2. Ekonometrik modellar 
3. Makroiqtisodiy modellar 
4. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari 
5. Tarmoqlararo dinamik balans modeli 
6. Prognozlashtirishni mukammalashtirishning muhim yо‘nalishlari 
7. Mahsulot xom ashyo nomenklaturasiga asoslangan modellar 
 
Tayanch sо‘z va iboralar 
Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi. Ekonometrik 
modelllar. Makroiqtisodiy modellar. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari. Tarmoqlararo 
dinamik balans modeli. Tarmoqlar va hududlar rivojlanishidagi iqtisodiy modellar. 
Tarmoqlararo balansda sanoat, kapital qо‘yilmalar, mehnat resurslari balansi. Tarmoqlar 
orasidagi о‘zaro bog‘liqliklar. Hisobga olingan davr uchun qator yillarda mahsulot ishlab 
chiqarilishi 
va 
taqsimlanishi 
kо‘rsatkichlarini 
hisoblash. 
Prognozlashtirishni 
mukammalashtirishning muhim yо‘nalishlari. Iqtisodiy о‘sishning asosiy parametrlarini 
prognozlashtirishda verifikatsion-statistik yondashish. Dinamik vaqt qatori malumotlaridan 
maksimal foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan 
moslangan chiziqli va chiziqsiz tipdagi kо‘p omilli modellari. Tarkibiy modellar. Mahsulot 
xom ashyo nomenklaturasiga asoslangan modellar. Mahsulot talabiga kо‘ra ikki yoki undan 
ortiq modellar, tarmoqli va optimal rejalashtirish modellari. Milliy daromadni taqsimlash 
modellari. Aholi turmush darajasi modeli. Iste’mol tarkibi modeli. Ekosiyosat modeli. Ish 
haqi va daromadlarni taqsimlash modellar
 
 
11.1.
Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi 
Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan 
bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga obyekt yoki 
jarayonni dastlab о‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida 
modellarni tuzish, modellarni nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalarni 
obyekt yoki jarayon tо‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni tо‘g‘rilash 
va aniqlashtirish kabilar kiradi. 
Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini о‘rganish vositasi 
iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik modeli о‘z mohiyatiga kо‘ra 
iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy о‘zaro aloqasini izohlab beruvchi 
rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi.
Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish 
mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, 
iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan imkon qadar 
kо‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə