Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122508
1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja

 
 
 
 
 
 
 
Qiziqarli ma’lumotlar
1
1
http://www.review.uz/index.php/infographics 


Vaqt omilini hisobga olgan holda 
modellar statistik (ya’ni modelda rejali davr 
mobaynida muayyan bir vaqt kesimi uchun 
chegaralar qо‘yilgan va bu sharoitlarda 
xarajatalar 
minimalashtiriladigan 
yoki 
yakuniy 
natija 
maksimallashtiradigan 
holatlar mavjud) yoki dinamik (bu holatda 
chegaralar butun rejali davr uchun samarani 
huddi shunday minimallashtirish yoki 
maksimallashtirish sharoitida bir nechta vaqt 
kesimi uchun о‘rnatilgan). 
Chiziqli, nochiziqli turdagi kо‘p omilli modellar prognoz qilinayotgan 
kо‘rsatkichning darajasi va dinamikasiga bir vaqtning о‘zida bir nechta omillarning ta’sir 
etishini hisobga olishga imkon beradi. Ushbu modellar jumlasiga makroiqtisodiy ishlab 
chiqarish funksiyalarni tavsiflovchi modellar, aholi daromadlari, narx, tо‘yinganlik darajasi, 
unumli iste’mol meyorlari va h.k. ga qarab alohida iste’mol buyum uchun talabni tahlil 
qilish modellari kirishi mumkin.
11.2. Ekonometrik modelllar 
Quyidagi ekonometrik modellarni ajratib olish mumkin: omilli, tarkibli va 
kombinatsion. Bitta model turi turli iqtisodiy obyektlarga nisbatan qо‘llanilishi mumkin. 
Agregirlashgan 
darajasiga 
qarab iqtisodiyotni rivojlanishining kо‘rsatkichlarini 
makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli,hududiy modellarga bо‘linadi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bо‘yicha asosiy fondlarni, mehnat resurslarnitakror 
ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellarajralib turadi. 
Ekonometrik modellarning о‘zgaruvchan kо‘rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen 
(ichki) modellarga bо‘linadi. Masalan modeldagi ekzogen omillar korxona uchun yetkazib 
berishlarning jо‘shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning 
mavjudligini kо‘rsatib berishi mumkin. 
Omilli modellar о‘zgaruvchi kо‘rsatkichlarning turli miqdorini va ularga mos 
ravishda о‘lchamlarini о‘z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli 
model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt kо‘rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda 
u yoki bu kо‘rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan 
bog‘liqlikda amalga oshiriladi va shu yо‘l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori 
о‘zgarishining umumiy tendensiyani tavsiflovchi bog‘liqlik) aniqlanadi. 
Tarkibiy modellar bir butun yoki agregatni shakllantiruvchi alohida unsurlar 
о‘rtasidagi nisbatlarni, aloqalarni izohlab beradi. Ushbu modellar tarkibiy-balans turdagi 
modellar sirasiga kiradi, ya’ni unda u yoki bu agregatni tarkibiy qismlarga bо‘lish bilan bir 
vaqtda ushbu unsurlarning о‘zaro aloqalari kо‘rib chiqiladi. Bunday modellar matritsali 
shaklga ega va tarmoqlararo hamda hududlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash 
uchun qо‘llaniladi. Ular yordamida oqimlarning, о‘zaro aloqalari masalan mahsulotni 
sohalararo yetkazib berish izohlanadi. Tarkibiy-balans modelining eng keng tarqalgan 
shakli ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansi va mahsulotlarni taqsimlash hisoblanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə