Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja


Tarmoqlararo dinamik balans modeli



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122508
1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja

11.5. Tarmoqlararo dinamik balans modeli
Tarmoqlararo balans modellari iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini prognozlash 
aloqalarini ta’minlash, ularni miqdoriy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiy tahlil qilish va 
shular asosida prognozlashtirish hamda rejalashtirish uchun asosiy vositalardan bо‘lib 
hisoblanadi. 
Tarmoqlararo balans ishlab chiqarishni va barcha tarmoqlar hamda mahsulotlarning 
aniq belgilangan turlarini prognozlashda, rejalashtirishda investitsiyalarni, asosiy fondlar va 
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qilish mehnat 
miqdorini rejalashtirishda, ishlab chiqarishni hududlar bо‘yicha tashkil qilishda keng 
qо‘llanilmoqda. 
Tarmoqlararo balanslar modelining amalda keng qо‘llanilishi makroiqtisodiy tahlil 
yanada ilmiy asosli о‘tkazilishi, prognozlarni ilmiyligini va real rejalashtirishni ta’minlaydi. 
Tarmoqlararo balans kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishning о‘zaro aloqalar 
tizimi va proporsiyalarini о‘rganishda, tahlil qilishda, prognozlashda eng ixcham, amalda 
keng qо‘llash mumkin bо‘lgan vositalardan, mexanizmlardan biri hisoblanadi. Ushbu 


balans yordamida makroiqtisodiy kо‘rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot 
pirovard ya’ni yakuniy mahsulot va milliy daromad tuzilishini, mahsulotlarni takror ishlab 
chiqarish fondlari о‘rtasida taqsimlanish strukturasini va ijtimoiy ishlab chiqarish 
xarajatlarini tuzilishini har tomonlama tahlil qilish va tegishli xulosalar asosda samarali 
boshqaruv yechimini qabul qilish mumkin. 
Tarmoqlararo balansning oddiy kо‘rinishi statistik model asosida ifodalanib, ma’lum 
davrdagi resurslar va ehtiyojlarning miqdoriy jihatdan о‘zaro moslashishini ta’minlaydi, 
ishlab chiqarish resurslarining cheklanganlik shartlari, ishlab chiqarish bilan mahsulotlardan 
foydalanishning balans munosabatlari, zarur texnik texnologik shartlar va boshqalarni 
bajarilgan holda prognozlash va uning asosida rejaning mumkin bо‘lgan variantlarini 
topishga imkon yaratadi. 
Tarmoqlararo balansning statik modeli bir yillik davr uchun tuziladi, bir yillik 
holatdan tashqaridagi о‘zgarishlar inobatga olinmaydi. Amalda esa ishlab chiqarish doim 
rivojlanib, kengayib boradi. Ushbu holat statik tarmoqlararo balansda о‘z aksini topmaydi. 
Bu kamchilikni yо‘qotishning obyektiv yо‘li doimiy harakatdagi о‘zgarishlarni inobatga 
oluvchi, kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ifodalovchi dinamik tarmoqlararo balans 
tuzishdir. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə