Mavzu-14. Ijtimoiy jarayonlar va aholi turmush darajasining o‘sishini prognozlash reja



Yüklə 192,17 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü192,17 Kb.
#141865
  1   2   3   4
Mavzu-14. Ijtimoiy jarayonlar va aholi turmush darajasining o‘si


MAVZU-14. IJTIMOIY JARAYONLAR VA AHOLI TURMUSH DARAJASINING O‘SISHINI PROGNOZLASH


Reja:

1. Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.


2. Ijtimoiy sohalarni prognozlash usullari va modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Aholi turmush dinamikasini baholovchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi.


14.1. Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Asosiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari aholining turmush darajasi orqali ifodalanadi, bu tushuncha o‘zida kishining ham moddiy, ham manaviy jihatdan qoniqishi tushuniladi.


Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning asosiy ajralmas qismi bu istemol hajmi harakatini baholash va ilmiy texnik taraqqiyotining o‘rnini aniqlashdir.
Istemolning o‘sishini tahlil qilish aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholi istemoli tarkibidan kelib chiqib, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, omillar va istemolning o‘zaro ta’siri sabab-oqibatlarini aniqlash, hozirgacha bo‘lgan davr mobaynida istemol tarkibining o‘zgarishi sabablarini tahlil qilish, prognoz qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi va aholi turmush darajasida katta o‘rin egallaydi. Qiziqarli ma’lumotlar1
B u sohani
prognozlashtirishning asosiy vazifasi avvalo kelajakda aholi istemolini aniqlash va ularni qondirish imkoniyatlarini izlashdan iborat. Masalan: yuqori sifatli va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar, uy-joylar va boshqalar.
Qulay sharoitda inson har tomonlama rivojlanar ekan, unga nafaqat moddiy balki manaviy talab ham oshib boradi. Inson rivojlanishi bilan o‘z yaxshi ish sharoitini tashkil etishga, tibbiy xizmatlarni va dam olish sharoitlarini yaxshilashga harakat kiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi istemolining o‘sishini prognozlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu bilan kelajakdagi istemol hajmining rivojlanish tendensiyasini bilish mumkin.



Yüklə 192,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə