O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126
indikativ rejalashtirish

quyidagi 
asosiy 
Funksiyalarni 
bajarishadi: 
-statistika hisobotlarini tuzish; 
-xo’jalik yuritish tashqi muhitining holatini o’rganish; 
-firmaning faoliyati iqtisodiy tahlil qilish; 
-prognozlar va rejalarni tuzish, ularni ijrochilar hukmiga havola 
etish; 
-alohida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samarasini aniqlash; 
-firma xodimlarining iqtisodiy ta’lim olishida ishtirok etish; 
-firma rahbariyatiga iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahat berish; 
-iqtisodiy masalalar bo’yicha ma’lumotlar va sharhlar tayyorlash; 
-tegishli shikoyatlar va takliflarni ko’rib chiqish va b. 
-firmalarda iqtisodchilar ishida tegishli echimini talab etuvchi qator 


93 
muammolarni (yoki kamchiliklarni) uchratish mumkin: 
-ishlarni ahvolini batafsil tahliliy sharhlash o’rniga iqtisodiy hayot 
faktlarini oddiy izohlash; 
-olingan natijalarni oddiy tarzda qayd etish; 
-bozor nazariyasini etarlicha bilmaslik; 
-o’z tovari bozorining kon’yunkturasini yaxshi bilmaslik
-rejalar tuzuvchilari va taqsimlovchilarining kamtarona tutgan o’rni; 
-iqtisodiy 
hisob-kitoblarda 
eskirib 
qolgan 
va 
samarasiz 
yondashuvlardan foydalanish; 
-notanqidiy tafakkur etish; 
-kasblararo o’zaro hamkorliking zaifligi; 
boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanmasligi; 
-mamlakatdagi inflyastiya va yuqori stoxastik bozor hodisalari 
tufayli prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidan voz kechish. 
Rejalashtirish ishida bo’ysunish ham, o’zaro munosabatlarning 
demokratiyaga asoslanishi ham zarur. Bo’ysunish boshqaruv ierarxiyasi 
tarafdorligini anglatadi. Demokratizm esa “Rahbar-bo’ysunuvchi” o’zaro 
aloqalarda eskilik qoldiqlariga barham berishni anglatadi. Iqtisodiy ish 
oqilona tashkil etilgan taqdirda har bir xodimda o’z faoliyat uchastkasi va 
o’zining lavozim majburiyatlari bo’lishi kerak, ya’ni u o’z lavozimi 
doirasida mas’ul bo’lishi lozim. Rejalashtirishda tashabbus, yangiliklar 
kiritish, ijod zarur. Buyruqbozlik uslubi bo’ysunuvchilarda o’z kuchiga 
ishonmaslik va rahbariyatga tobelik hissini shakllantiradi. Xodim 
muayyan majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi kerak. Uning o’zi o’z 
qarorining mohiyatini baholaydi va u uchun javobgar bo’ladi. Ishdagi 
shaxsiy va jamoaviy manfaatlarni uyg’unlashtirishga nisbatan zamonaviy 
yondashuv anna shunda o’z ifodasini topadi; 
Mehnat jamoasida reja hisob-kitoblarini asoslashda ijod qilish, 
yangilikni qidirib topish, ishlarning ahvolini takomillashtirish choralarini 
qo’lash uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Ushbu maqsadlarda 
muayyan muammolarni hal etishga nisbatan yondashuvlarni tadqiq etish 
uchun turli xizmatlar xodimlaridan tarkib topgan vaqtinchalik qidiruv 
guruhlarini tashkil etish mumkin. 
Iqtisod xodimining yangi roli ko’p jihatdan uning menejer, referent 
va firma rahbariyati uchun faoliyatning turli iqtisodiy masalalari bo’yicha 
maslahatchi sifatidagi harakatiga bog’liq. Firma nazoratchisining roli 
iqtisodiy hayotda ham namoyon bo’la boshlaydi. Shu munosabat bilan 
iqtisod xodimi egalik qilishi lozim bo’lgan 
zarur xislatlarni 
ta’kidlash 
o’rinli: 


94 
bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini yaxshi bilish; 
zamonaviy xorijiy iqtisodiy tafakkurni va mashhur xorijiy 
firmalarning ilg’or tajribasini bilish; 
tahlil qilish, prognozlashtirish va rejalashtirishning zamonaviy 
uslublarini bilish; 
ish va tafakkurning novatorlik uslubi; 
ko’plab “mumkin”dan “kerak”ni tanlay bilish; 
biznes yo’lida tashabbus ko’rsatish, firma uchun foydali bo’lgan 
yangi g’oyalarni qidirib topish; 
harakatlarning tanlangan variantini ishlab chiqish va iqtisodiy 
asoslash sohasida omilkorlik. 
Budan tashqari, iqtisod xodimining asosiy xususiyati – xabarlar 
oqimidan muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’ra bilish, 
murakkab tanglik vaziyatidan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslay 
olishdan iborat.
Shunday qilib, rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi, axborot 
tizimi va ijrochilar rejalashtirishni tashkil etishning muhim unsurlari 
hisoblanadi. Rejalashtirish sifati ko’p jihatdan firma xodimlarining 
tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Rejalashtirishda rejani amalga 
oshirish bilan shug’ullanuvchi xodimlarning roli ortib boradi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisod xodimiga nisbatan axborot oqimidan 
muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’rish, murakkab vaziyatdan 
chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslash zarurati bilan bog’liq yangi 
talablar qo’yiladi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə