O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
indikativ rejalashtirish

5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va 
majburiyatlari
Indikativ rejalashtirish sifati ko’p jihatdan mutaxassislarning 
tayyorgarlik darajasiga bog’liq, bu quyidagilar bilan belgilanadi: 
nazariy tayyorgarlik; 
ularning intellektual rivojlanganligi; 
tajriba va malaka; 
reja – bu tegishli harakatlarni talab qiluvchi ongli ravishda qabul 
qilinadigan qarorlar tizimi ekanligini tushunish; 


91 
qo’llaniladigan tadbirlarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish; 
asosiysini ko’ra olish qobiliyati; 
biznes sharoitida tashqi va ichki omillarning maqbul nisbatini topa 
olish. 
Ilgari rejalashtirishda asosiy rol deyarli iqtisodchilarga, ya’ni reja-
iqtisodiyot bo’limlari (xizmatlari, boshqarmalari)ning xodimlariga 
tegishli edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu holat tubdan o’zgardi. 
Rejalashtirishda ayniqsa kundalik rejalarning amalga oshirilishiga 
bevosita rahbarlik qiluvchi mutaxassislar, ya’ni o’rta va quyi bo’g’in 
rahbarlari, menejerlarning roli ortadi. Lekin hozirgi vaqtda ham 
iqtisodchilarning roli beqiyos. Bugungi kunda kichik korxonada 
rejalashtirish ishini iqtisodchi, moliyachi yoki buxgalter amalga oshirishi 
mumkin. Katta korxonalarda esa reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan 
asoslash bilan odatda iqtisodiy xizmatning 2-3 nafar xodimi 
shug’ullanadi. Yirikroq firmada, odatda, 4 yoki undan ortiq xodimdan 
iborat iqtisodiy bo’lim faoliyat ko’rsatishi mumkin. Yanada yirik firmada 
xodimlarining umumiy soni kamida 12 nafardan iborat bo’lgan bir necha 
bo’limlar yoki xizmatlarni o’z tarkibiga olgan iqtisodiy boshqarma tashkil 
etilishi mumkin. 
Asosiy rejaviy asoslashlarni huddi ilgaridagi kabi iqtisodchilar 
bajarishadi. Lekin reja xo’jalik yuritishning barcha vazifalari va 
muammolari majmuini aks ettirishi uchun uni ishlab chiqishga o’z 
vakolati 
masalalariga 
muvofiq 
ravishda 
boshqa 
xizmatlar 
va 
bo’limlarning xodimlari ham jalb etiladi. Ya’ni reja hisob-kitoblarini 
amalga oshirishda iqtisodiy bo’lim xodimlari quyidagilar bilan o’zaro 
hakorlik qiladi: 
rahbariyat bilan – rivojlanish strategiyasining umumiy maqsadlari 
va tashkiliy masalalar yuzasidan
marketing va sotish bo’limlari bilan – sotish masalalari yuzasidan; 
buxgalteriya bilan – hisob yuritish va hisobotlar masalalari 
yuzasidan; 
moliyaviy bo’lim bilan – moliyalash masalalari yuzasidan; 
ta’minot va transport bo’limlari bilan – ta’minot va xomashyoni 
etkazib berish masalalari yuzasidan; 
bosh muhandis bo’limi, texnologik va ishlab chiqarish bo’limlari 
bilan – ishlab chiqarish xususidagi masalalar yuzasidan; 
kadrlar, mehnat va ish haqi bo’limi bilan – xodimlar va boshqa 
masalalar yuzasidan. 
Shubhasiz, bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirish bo’yicha 


92 
asosiy mas’uliyat iqtisodchi-menejerlar zimmasiga yuklatiladi. Agar 
iqtisodchilarning vazifasi reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan 
asoslashdan iborat bo’sa, menejerlar vazifasi qatoriga ushbu 
ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi 
harakatlar bilan talqiin etish kiradi. Lekin biri ikkinchisi bilan uzviy 
bog’langan. Iqtisodiy bo’lim xodimlari va firma menejerlari o’z 
mohiyatiga ko’ra bir xil vazifani, ammo turli vositalar yordamida 
bajarishadi. Menejer boshqaruv sohasida, shu jumladan insonlarni 
boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. 
Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik 
yuritish 
maqsadlariga 
erishish 
uchun 
mavjud 
resurslarni 
optimallashtirishga qaratilgan. Menejerlar firma faoliyatining rejalarini 
ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. Firmaning 
yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi 
va tegishli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi. Tanlangan 
maqsadlarga iqtisodiy ishlov berish iqtisodchilar tomonidan amalga 
oshiriladi, ya’ni ular maqsadni iqtisodiy kategoriyalar bilan asoslaydi. 
Biroq rejadagi maqsadlarga erishish bo’yicha asosiy harakatlarni tanlash 
menejerlar Funksiyasiga kiradi. Ular har kuni rejalashtirish masalalari 
bilan shug’ullanib, firmaning turli xildagi rejalarini ishlab chiqishda 
ishtirok etishadi, shuningdek uning strategiyasini, faoliyat sohasi 
siyosatini, 
biznes-rejalarni 
va 
hokazolarni 
belgilab 
beradi. 
Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi 
menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Shuning 
uchun hozirgi vaqtda iqtisodchi menejer kasbining ahamiyati va unga 
nisbatan talab ortib bormoqda. 
Iqtisodiy 
bo’lim xodimlari 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə