Prezintatsiya mavzu: I mulkchilik munosabatlari mohiyati va iqtisodiy mazmuni Bajardi: 130- guruh Tangirova Marjona Baxrom qizi



Yüklə 17,51 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü17,51 Kb.
#129397
  1   2   3   4
Tangirova Marjona Baxrom qizi Mulkchilik Munosabatlari


Toshkent Texnologiya Menejment
Komunikatsiya Instituti


PREZINTATSIYA


Mavzu:I Mulkchilik munosabatlari mohiyati va iqtisodiy mazmuni


Bajardi: 130- guruh
Tangirova Marjona Baxrom qizi
2022


Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari

Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy


munosabatlar majmuasi - iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari.
xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda
iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko'pincha iqtisodiy tizim
tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish
darajasi bilan bog'lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu
asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining
uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy
buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
An’anaviy iqtisodiyot - deyarli hamma mamlakatiar bosib
o'tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‘plab iqtisodiy
jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo'lib, ularda
urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy
jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar
xo'jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish,
ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan
o ‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo'rlik va sulola
(tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi,
ijtimoiy-iqtisodiy turg'unlik aniq ifodalanadi. Texnika
taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan,
chunki ular an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi, ijtimoiy
tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga
nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisod muammosini hal
qilishning bir xil va umum tan olingan echimi mavjud emas.
Har xil madaniyat va tarixiy o'tmish, har xil urf-odat va
an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo'lgan
turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun
turli xil tartiblardan foydalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim, ma’muriybuyruqbozlik
iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha
moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog'i davlat mulkchiligining
hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy
qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan
ifodalanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi.
mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni
tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar
markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim

Yüklə 17,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə