O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Istiqbol rejalarni tuzish



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
indikativ rejalashtirish

Istiqbol rejalarni tuzish,
bu erdan maksimal darajada foydalanish, 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’plab etishtirish va mahsulotlarni 
ko’paytirish evaziga korxona ishchilarining moddiy manfaatdorligini 
yanada yaxshilash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Umuman 
xo’jaliklarning besh yilga mo’ljallangan istiqbol rejalarida juda muhim 
tashkiliy-xo’jalik masalalari hal qilinishini ko’rsatiladi.
Istiqbol 
rejada 
ekin 
maydonlarining 
strukturasi, 
xo’jalik 
tarmoqlarining yo’nalishi, yangi erlarni sug’orish, yaylovlarga suv 
chiqarish, ekin maydonlarini kengaytirish, chorvachilik mahsuldorligini 
oshirish, mollar tuyogini ko’paytirish, ularning ozuqa bazasini 
mustahkamlash kabi tadbirlar ko’rsatiladi.
Istiqbol rejada ishlab chiqarish, madaniy-maishiy binolar, yo’llar 
qurish, texnika sotib olish, elektrlashtirish, meliorastiya inshoatlarini 
yaxshilash, xo’jalikning ishchi kuchlaridan foydalanish, mahsulot 
tannarxini arzonlashtirish va korxonaning rentabelligini oshirishga ham 
e’tibor beriladi. 
Xo’jaliklarning istikbol rejalari xo’jaliklarning tabiiy va iqtisodiy 
sharoitiga qarab tuziladi. Xo’jalik asosiy tarmog’ining hajmi uning ishlab 
chiqarish yo’nalishiga qarab belgilanadi. 
Qo’shimcha er va erdamchi tarmoqlarning hajmi esa asosiy 
tarmoqlarning rivojlanishini to’la ta’minlashni ko’zda tutib belgilanadi. 
Xo’jaliklarning ekin maydonlari miqdorini, chorva mollarining sonini va 
ularning mahsuldorligini belgilashda davlatga mahsulotlar sotish 
yuzasidan berilgan topshiriqlarni to’liq bajarish hamda xo’jalikning ichki 
ehtiyojlarini qondirish hisobga olinishi lozim. 


84 
Istiqbolda dehqonchilik sohasini rejalashtirishda asosiy vazifalar 
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- Xo’jalikning ihtisoslashuvi va erdan foydalanishning kadastr 
bahosini aniq belgilab olish;
- Xo’jalikning suv resurslari, asosiy fondlari va mehnat resurslaridan 
foydalanish darajasini to’g’ri rejalashtirish;
- Xo’jalik erlarining ekinlar bo’yicha taqsimlanishida muammolarni 
hisobga olib borish;
- Xo’jalikda chorva mollarining bosh soni, ularning turlari, 
mahsuldorligi va xo’jalik balansini hisobga to’g’ri va anik olib borish;
- Xo’jalikning jami etishtiriladigan mahsulotlarini sotish, qayta 
ishlash va ichki taqsimlashni to’g’ri rejalashtirish;
- Dehqonchilik tarmogini rivojlantirishdagi joriy va kelgusi davr 
xarajatlarini hisobga olib borish. 
- Xo’jalikda istiqbol rejalar ikki xil ko’rinishda tuzilishi mumkin:
- Tashkiliy xo’jalik tuzilmaviy rejalar;
- Iqtisodiy sostial rivojlanish rejasi. 
Tashkiliy xo’jalik rejasi qishloq xo’jalik korxonalarini rastional 
tashkil qilishga doir hamma muhim ko’rsatkichlarni, jumladan, 
maydonlarni belgilash, tarmoqlarni ixtisoslashtirish va ularni bir-biriga 
to’g’ri bog’lab borish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizastiyalash 
hamda intensivlik darajasini yildan-yilga oshirib borish va boshqalarni 
o’z ichiga oladi. 
Tashkiliy xo’jalik rejasida loyixa qismi va loyihadagi tadbirlarni 
amalga oshirish kalendar qismi bo’ladi. Loyiha qismida xo’jaliklarni 
ixtisoslashtirish, tarmoqlar tuzilishi va ularni bir-biriga bog’lab borish 
usullari, er maydonlarining tuzilishi, holati va ulardan foydalanish 
imkoniyatiga qarab dehqonchilik va chorvachilikning asosiy sistemalari
kapital jamg’armalar miqdori, xo’jalik tarmoqlarining iqtisodiy tomondan 
samaradorligi va shu kabilar ko’rsatiladi. 
Xo’jalikda istiqbol rejalarni tuzishda har bir tarmoqning ham 
istiqbol rejasi alohida tuzilishi kerak.
Dehqonchilikni tashkil etish buyicha:
- irrigastiya-meliorastiya qurilishlari;
- er fondidan uni yarokli va yaroqsizga bo’lib to’liq foydalanish; 
- qishloq xo’jalik ekinlari, ko’p yillik daraxtlar va yaylovlarning 
hosildorligini oshirish; 
- almashlab ekish sxemalari soni, o’lchami va qaysi ekinlar bilan 
almashlab ekilishini rejalashtirish; 


85 
- ekin maydonlarining strukturasini to’g’ri belgilash; 
- agromeliorativ ishlarni yaxshilash va eroziyaga qarshi kurash 
choralarini o’z vaqtida olib borish. 
Chorvachilikni tashkil etish buyicha: 
- chorva mollari, parrandalarning bosh sonini va mahsuldorligini 
oshirib, ularning zotini yaxshilash; 
- fermalar hajmi va ularni joylashtirish; 
- chorva mollarini turlariga qarab boqish va asrashni yaxshilash. 
Moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va undan foydalanish 
bo’yicha: 
-xo’jalikni mashinalash, texnika va asbob-uskunalar bilan 
ta’minlab borish; 
- remont bazalarini tashkil etishni rejalashtirish
-qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish va yigishtirish texnologiyasini 
aniqlash va amalga oshirish.
Mexnat unumdorligi va ishchi kuchlaridan foydalanish bo’yicha: 
- aholining o’sishi va ishchi kuchlaridan foydalanish; 
- aholi yashaydigan punktlar va ularni joylashtirish. 
Qurilish va kapital jamg’armalar bo’yicha: 
- kommunal turar-joy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish 
binolarining hajmi, qurilib foydalanishga topshirish muddatlarini 
rejalashtirish. 
Rejalashtirish ishi faqat reja tuzish bilan chegaralanmasdan, balki 
reja ko’rsatkichlarining to’la bajarilishini ta’minlashdan ham iboratdir. 
Xo’jaliklarda ishlab chiqarish rejalarining aniq bajarilishi ustidan 
nazorat qilishni yaxshi yo’lga qo’ymay turib, uning bajarilishini amalga 
oshirib bo’lmaydi. Shuning eng yaxshi tuzilgan reja ham vaqti-vaqti bilan 
tekshirib turilmasa yoki bajarishga safarbar qilinmasa, kog’ozda qolib 
ketishi mumkin. 
Rejani nazorat qilishda ma’lumotlar oddiygina solishtirilib 
qolinmasdan, balki iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha bajarilishini ham 
nazorat qilinishi lozim. Shundagina xo’jalikning barcha ishlab chiqarish 
topshiriklariga to’g’ri baho berish mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishda operativ va joriy rejalar qatorida istiqbol rejalarni tuzish ham 
mumkindir. Hozirgi bozor iqtisodietida qishloq xo’jaligida istiqbolni 
belgilab beruvchi ko’rsatkichlar erdamida milliy va amaliy asoslangan 
rejalar tuzish va ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llashni 


86 
rejalashtirish, 
xo’jaliklarning 
kelajakda 
rivojlanishda 
ko’plab 
imkoniyatlarni vujudga keltirib beradi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish va ishlab 
chiqarishda istiqbol rejalarni tuzishni rejalashtirish va uning mohiyati 
shundaki, bu rejalar ishlab chiqarishda zamonaviy fan-texnika 
yutuqlaridan foydalanishga imkon beradi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə