O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Korxonada rejalashtirishning tarkibiy qismlari



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
indikativ rejalashtirish

4.3. Korxonada rejalashtirishning tarkibiy qismlari 
 
Rejaning tarkibiy qismlari:
• maqsadlar;
• prognozlashtirilayotgan ma’lumotlar; 
• muammoni qo’yish; 
• tasarrufdagi mavjud mablag’lar (mol-mulk va b.); 
• alohida tadbirlar va ularning kombinastiyalari, rejalashtirish uchun 
mas’ul bo’lgan shaxslar; 
• vaqtinchalik sharoitlar va muddatlar; 
• prognozlashtirilayotgan oqibatlar. 
Xo’jalik amaliyotida yakuniy shaklda rejalarning katta qismi bu 
erda sanab o’tilgan tarkibiy qismlarning faqat ayrimlarini o’zida 
mujassam etgan. Biroq rejalashtirishning asosida yotuvchi alohida 
rejalarda, odatda, yuqorida sanab o’tilgan tarkibiy qismlarning 
ko’pchiligini uchratish mumkin.
Rejalashtirishning amaliy tizimi tarkibini ko’rib chiqamiz.
Rejalashtirish tizimi 
– bu rejalashtirish alohida qismlarining 
tartibga solingan tarkibiy tuzilishi.
«Folksvagen» AJ (VAG) zavodining rejalashtirish tizimi
misolida rejalashtirishning tashkiliy chizmasini ko’rsatib o’tamiz. 
Zavodda rejalashtirish uchun barcha bo’limlar o’zlariga belgilangan 


77 
vazifalar doirasida javob beradi. Rejalashtirish tizimining tarkibiy 
tuzilishi ijro etishga yo’naltirilgan bo’lib, bunda alohida rejalar umumiy 
rejalashtirish doirasida kontrolling bo’yicha mutaxassislar (nazoratchilar) 
tomonidan, 
rejalashtirish 
bo’yicha konferenstiyalarda va turli 
komissiyalar yoki qo’mitalar doirasida muvofiqlashtiriladi. Butun 
korxona uchun strategik, tezkor va moliyaviy rejalashtirish mahsulot 
ishlab chiqarishni rejalashtirish va korxonaning boshqa kompaniyalarda 
va moliyaviy operastiyalarda ishtirok etishini rejalashtirish bilan 
kuzatiladi. 1-rasmdan bo’limlarning korxonada rejalashtirish masalalari 
va Funksional bo’linmalar rejalari uchun javobgarligi haqida ham 
xulosaga kelish mumkin.
Muddatlariga 
ko’ra rejalashtirishning quyidagi bosqichlari 
ajratiladi: 
• strategik doiraviy rejalashtirish; 
• uzoq muddatli rejalashtirish; 
• o’rta muddatli rejalashtirish, byudjetni rejalashtirish, o’zgarib 
turuvchi qisqa muddatli rejalashtirish.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə