Reja: kirish. I. Bob. Yangi o’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning nazariy-uslubiy asoslari



Yüklə 313,56 Kb.
səhifə1/13
tarix24.06.2022
ölçüsü313,56 Kb.
#90065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
курс иши


MAVZU: Yangi O’zbekistonning iqtisodiy strategiyasini amalga oshirish yo’nalishlari .
REJA:
KIRISH.
I.BOB. YANGI O’ZBEKISTONNING IQTISODIY TARAQQIYOT STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.
1. 1. Iqtisodiy taraqqiyotga erishishning nazariy jihatlari va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning huquqiy-meyoriy asoslari.
1.2. Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda xorijiy tajribalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari.
II. BOB. IQTISODIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI HAMDA TARAQQIYOT STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISH KO‘RSATKICHLARI TAHLILI.
2.1. Yangi O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotga erishish bosqichlari tahlili
2.2. Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini ta’minlovchi ko‘rsatkichlari tahlili
III. BOB. IQTISODIY TARAQQIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI.
3.1. Faol tashqi iqtisodiy aloqalar orqali iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantirish istiqbollari
3.2. Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi chora-tadbirlar hamda ularni amalga oshirish yo’nalishlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


KIRISH.
Iqtisodiy rivojlanishning mazmuni, omillari, o‘lchamlari va muammolarini o‘rganish doimo iqtisodiy fanlar hamda davlat siyosatining asosiy vazifalaridan bo‘lib kelgan. Ana shu kabi muhim masalalarni samarali hal qilish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari va sir-asrorlari, ularning talab va hususiyatlari, qonun-qoidalari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsad va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi choralar dasturni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholining moddiy farovonligini yuksaltirishga erishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni1 da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish hisobiga YaIM hajmi va o‘sish sur’atlarini oshirish, olib borilayotgan islohotlar samaradoligini ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida “2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish, YaIM hajmini ko‘paytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har tomonlama rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.
Mamlakatda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, halq farovonligini oshirish asosida, albatta, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tapmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Butun jahonda «O‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda. Pirovardida iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib, mamlakatimizning nafaqat shaharlari, balki qishloqlarida ham sanoat jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari barpo etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida «Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq, Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz», deb ta’kidlab o‘tildi2 . “Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning echimlari bilan tanishtirish hamda ularga iqtisodiy rivojlanish nazariyalarini o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifalari - iqtisodiy rivojlanishto‘g‘risidagi turli xil nazariya va qarashlar; iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari; iqtisodiy rivojlanish mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlari; iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda davlat siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari; iqtisodiy rivojlanishning xorij tajribasi kabi bilimlar bilan talabalarni qurollantirishdan iborat. “Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu fanni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq, muammoli va vizual ma’ruzalar o‘tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalari qo‘llaniladi. Darslikda fanning mohiyatini, iqtisodiy rivojlanish omillarini ochib beruvchi eng asosiy mavzular va muammolar o‘z aksini topgan. Ushbu darslikni tayyorlashda K.K. Mambetjanovning doktorlik dissertatsiyasi (Doctor of Science) ishidagi ilmiy yangiliklar va taklif qilingan nazariy-uslubiy tavsiyalardan samarali foydalanildi.


    1. Yüklə 313,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə