Reja: kirish. I. Bob. Yangi o’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning nazariy-uslubiy asoslari


Iqtisodiy taraqqiyotni xarakatlantiruvchi kuchlar va omillar



Yüklə 313,56 Kb.
səhifə3/13
tarix24.06.2022
ölçüsü313,56 Kb.
#90065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
курс иши

1.2 Iqtisodiy taraqqiyotni xarakatlantiruvchi kuchlar va omillar.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) —mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. I.t.m. tushunchasi 20-asrning 50-yillarida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, sosialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼ-muriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Albatta, iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum darajada oʻtkazadi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy harakterda boʻladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va postsovet iqtisodiy taraqqiyot modelilarini koʻrsatish mumkin. Ular ichki taraqqiyot omillari, shartsharoitlari, ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqalar jihatlari bilan bir-birlaridan tubdan farqlanadi. Misol uchun osiyocha taraqqiyot modeli jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan boʻlib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xo’ asosiy oʻrinda tursa, yevropacha modelda iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qoʻllab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitiga moslanuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yoʻnalishi, yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining yuqori hissasi koʻzga tashlanadi. Lotin Amerikasi modeli xom ashyo tamoyiliga qurilgan boʻlib, undiruvchi sanoat tarmoklarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importining esa yuqori darajasi, iqtisodiyotda mayda tovar ishlab chiqarishning sezilarli darajasi bilan harakterlanadi. 70—80-yillarda shakllangan Osiyo-Tinch okeani modelining tipik xususiyati — yuqori tex-nologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish ilmiy bazasining rivojlanganligidir. Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli tipik xom ashyo yoʻnalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urugʻchilik, qabilalar oʻrtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik bilan tavsiflanadi.
Postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli MDH mamlakatlariga xos boʻlib, ularni ishlab chiqarish texnologiyasining umumiy xususiyati, yagona standartlar, iqtisodiyotni isloh qilishning umumiy vazifalari birlashtiradi. Sobiq Ittifoq respubli-kalarining 70 yildan ortiq birga boʻlishi iqtisodiy munosabatlarning yaqinlashuviga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida va hatto uning oʻrtalariga kelib ham bu mamlakatlar tashki savdo oborotining yarmidan koʻprogʻi MDHga toʻgʻri kelar edi. Ammo keyinchalik bu tendensiya milliy taraqqiyot modellarida yetakchi oʻrinni egallay olmadi. Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida sanoati rivojlangan mamlakatlar birinchi darajaga koʻtarildi.
90-yillarning boshlarida Oʻzbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yoʻllari paydo boʻlgan edi. Ularni 4 yoʻnalish — xom ashyo, agrar, industrial, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha guruhlash mumkin. Ulardan har biri respublika uchun real iqtisodiy taraqqiyot modeli boʻlishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yoʻlini tanlash tabiiy boyliklarni yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan taʼminlash muammosi sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zoʻr berishga olib kelardi. Ittifoq ixtisoslashuvi bu yoʻnalishni keltirib chiqargan edi.
Islohotlarning dastlabki yillarida Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarda tajribadan oʻtgan u yoki bu iqtisodiy taraqqiyot modelini qabul qilishi lozim degan fikr yurar edi. Hatto turk yoki xitoy modellarini qabul qilish zarurligi taʼkidlangan edi. Ammo Oʻzbekiston Respubli-kasi Prezidenti I. Karimov mamlakatga oʻz yoʻli, oʻz taraqqiyot modeli zarurligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston rahbari ilgari surgan tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 5 tamoyili — iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, davlat bosh isloxrtchi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish — oʻzbek modelining asosini tashkil etadi.
Qisqa vaqt ichida iqtisodiy taraqqiyotning oʻzbek modeli oʻzining hayotiyligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun 1995 y. keskin burilish yili boʻldi. Shu yili sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha islohotgacha davr darajasiga toʻla erishildi. YAIMning pasayishi sezilarli sekinlashdi. 1996 yildan boshlab esa YAIM ishlab chiqarishning barqaror ijobiy tendensiyasi davom etmoqda: 2001 yilda YAIM 4,5% ga oʻsdi, sanoat mahsuloti hajmi 8,1, yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlari 4,5, qurilish ishlari 3,3, chakana tovar aylanmasi 9,5% ga oʻsdi. Oʻzbek modeli hali oʻtish davrining boshidayoq koʻp ukladli, aralash, tashqi beqarorlashtiruvchi omillardan xoli boʻlgan milliy bozor iqtisodiyotining shakllanishini taʼminladi. YAIM ishlab chiqarish surʼatlarining birinchi marta aholi oʻsish surʼatlaridan ustun boʻlishiga erishildi, YAIM tarkibiga jamgʻarish va investitsiyalar nisbatlarida yuqori sifat oʻzgarishlari taʼminlandi. Oʻzbek iqtisodiy taraqqiyot modelining bosh maqsadi — ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni taʼminlashdan iborat.

Yüklə 313,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə