Reja: kirish. I. Bob. Yangi o’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning nazariy-uslubiy asoslari


Iqtisodiy taraqqiyotni xarakatlantiruvchi kuchlar va omillar tahlili



Yüklə 313,56 Kb.
səhifə5/13
tarix24.06.2022
ölçüsü313,56 Kb.
#90065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
курс иши

2.1. Iqtisodiy taraqqiyotni xarakatlantiruvchi kuchlar va omillar tahlili. Iqtisodiy rivojlanishda islohotlarning ahamiyati.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Modernizatsiyalash va sanoatni jadal rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkchilikning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, viloyat, shahar va tumanlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni yaxshilash yo‘li bilan mamlakat iqtisodiyoti va mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, eng avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir. Jahon tajribasidan shuni ko‘rishimiz mum-kinki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa va o‘ziga xorijiy investitsiyalarni ko‘p jalb qilgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich o‘z nutqlarida shunday fikrlarni bildirib o‘tgan edi: “Investitsiya iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”91. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda iqtisodiyotimizni rivojlantirishning eng muhim omili investitsiyalardir.
Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlar yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilishning yillar davomidagi dinamikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu borada yillar davomida sezilarli o‘sishga erishilganini ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval

Yüklə 313,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə