Reja: kirish. I. Bob. Yangi o’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning nazariy-uslubiy asoslari


Faol tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantiruvchi kuchdir



Yüklə 313,56 Kb.
səhifə9/13
tarix24.06.2022
ölçüsü313,56 Kb.
#90065
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
курс иши

3.1. Faol tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantiruvchi kuchdir
Tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi: xalqaro savdo-sotiq; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; kapital migratsiyasi; ishchi kuchi migratsiyasi; o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar. Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi. Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda. Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo capital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi. xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar; xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi.
Davlat Statistika qo’mitasi 2020-yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi to’grisidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko’ra:
2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 299,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSh dollariga yoki 13,1% ga kamaydi.

Yüklə 313,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə