Reja: kirish. I. Bob. Yangi o’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning nazariy-uslubiy asoslari


-rasm. Xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish (mln. AQSh doll.)



Yüklə 313,56 Kb.
səhifə7/13
tarix24.06.2022
ölçüsü313,56 Kb.
#90065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
курс иши

1-rasm. Xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish (mln. AQSh doll.)93
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 3 885,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, unda O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 3 885,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, unda investorlar uchun soliq og‘irligini pasaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga
yo‘naltirilgan soliq siyosati va soliq-tarif boshqaruvi islohotlari jadalsur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda investor-larning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda mamlakatimizning investitsion muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim muammolar quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
– olingan investitsiya resurslaridan mintaqaviy va korporativ boshqaruv darajalarida samarasiz foydalanish;
– investitsion menejmentning boshqaruvning barcha darajalaridagi past sifati;
– mulkchilik huquqining belgilanmaganligi, investorlarning ham, investitsiyalash obektlari korxonalarining ham moliyaviy ahvolining past darajasi sababli qo‘shilgan mablag‘larni qaytarib berilmaslik ehtimoliga bog‘liq bo‘lgan yuqori investitsiya xatarlari;
– davlatning moliyaviy va soliq siyosatidagi o‘zgarishlarning kutilmagan yuqori darajasi; – korporativ investitsiya bitimlarining (konsessiyalar, davlat-xususiy hamkorligining) rivojlanmaganligi;
– investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar orqali noqonuniy malollik keltirish;
– nazorat organlarini investorlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashtirmaslik.
Xulosa o‘rnida bu muammolar yechimi sifatida quyidagi takliflarni beramiz:
Birinchidan, investorlarga yanada qulay investitsiya muhitini yaratib berish.
Ikkinchidan, olingan investitsiya resurslaridan samarali foydalanish va uni to‘gri boshqarish.
Uchinchidan, investorlarga soliq imtiyozlarini berish tizimini yanada takomillashtirish.
To‘tinchidan, investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklanishining oldini olish.
Beshinchidan, nazorat organlarining investorlarning xo‘jalik faoliyatiga asosiz aralashishi oldini olish.
Shu kabi ayrim muammolarni hal qilish orqali mamlakatimizning investision jozibadorligini yanada oshira olamiz va bu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojini jadal sur’atlarda davom ettiramiz va iqtisodiyotimizning barqaror holatini saqlashga erisha olamiz.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimiz investitsion muhiti har tomonlama takomillashib bormoqda va bu investitsiyalarni faol jalb qilishga muhim sharoitlarni yaratib bermoqda. Birgina hududlarda erkin iqtisodiy zonalar yaratilmoqda va hudud joylashuvidan kelib chiqib, investitsiyalarni joylashtirilmoqda. Bu esa hududlarning iqtisodiy rivojlanishi va joylarda yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi sanoat korxonalari barpo bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Investitsiyalardan samarali foydalangan holda yangi mahsulot turlarini yaratish va eksportni kengaytirishga keng yo‘l ochib berilmoqda.
Ma’lumki, investitsiya bu nafaqat yangi texnika-texnologiya kirib kelishiga, balki eksportni kengaytirish, malakali mutaxassislar kirib kelish, yangi ilg‘or g‘oyalarning amaliyotga tatbiq etilishining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, investitsiyalar orqali mamlakatimiz aholi daromadlarini o‘sishi, ishsizlik darajasining tushishi va yangi korxonalar barpo etilishiga zamin yaratib bermoqda.
Keyingi yillarda bu borada mamlakatimiz aholi daromodlarining o‘sganini, aholi farovonligi keskin tarzda oshganini ko‘rishimiz mumkin.
Qisqa qilib aytganda, mamlakatimizning investitsion muhitini takomillashtirish iqtisodiyotimizning o‘sishi va iqtisodiyotning barqarorligini ta’min-lashning eng muhim omilidir.

Yüklə 313,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə