Usat unversiteti falsafa fanidan taqdimot. Mavzu: Pandemiya XXI asrning glabal muommosi va uning oqibatlari



Yüklə 77,86 Kb.
səhifə1/4
tarix28.09.2023
ölçüsü77,86 Kb.
#124596
  1   2   3   4
FALSAFA 120-MMT RUZIYEV SODIQJON

USAT UNVERSITETI FALSAFA fanidan taqdimot. MAVZU: Pandemiya XXI asrning glabal muommosi va uning oqibatlari.

Moliya.120- guruh. RUZIYEV SODIQJON

OCHLIK VA TO’YIB OVQAT YEMASLIK FOIZI OSHMOQDA

Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa muammolarning pandemiya davrida kutilmagan tarzda dolzarblashib borayotgani xavotirlarni oshirmoqda.

Jahon iqtisodiy forumi siyosatchilar e'tiboridan chetda qolayotgan beshta tahdidni sanab o‘tdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti – FAO tomonidan ma'lum qilinishicha, COVID-19 zaif jamiyatlarni inqiroz ichra inqirozga mahkum etmoqda.

Dunyo bo‘ylab iqtisodiy tushkunlikning hukmron bo‘lishi va ishsizlik ko‘rsatkichining oshishi aholi xarid quvvatining pasayishiga sabab bo‘lyapti. Bundan tashqari, bu omillar global ochlik muammosini jiddiylashtirib yuboryapti.

«Mamlakatlar oziq-ovqat ta'minoti zanjiriga e'tiborli bo‘lishlari, o‘z navbatida hududiy, mahalliy va xalqaro tarzda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat yetib kelishini ham ta'minlashlari lozim.

Ochlikka chap berish har bir iqtisodiy stimulning markazida turishi kerak», – deya qayd etadi FAO.

Xalqaro oziq-ovqat inqirozi bo‘yicha 2020 yil hisbotida aytilishicha, hozir 55ta davlatda oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanmagan. Ularda yashaydigan odamlar insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan oziq-ovqat va vitaminlarga muhtoj.

IQLIM MUOMMOSI

Bu davlatlar hukumatlari oldida 2ta o‘ta og‘riqli tanlov paydo bo‘lmoqda: yo odamlarning tirikchiligini asrab qolish yoki ularni koronavirusdan saqlash orqali ochlikdan o‘lishga hukm qilish.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ochlikning yuqori darajasi bilan kurashayotgan va to‘yib ovqat yemaydiganlar soni yana oshishi mumkinligini aytmoqda.

«Koronavirus tufayli murakkab o‘zgarishlar ko‘p bo‘lishi, pandemiya ko‘p oila va jamiyatlarni chuqur inqirozda qoldirishi mumkin», – deydi Guterrish.


Yüklə 77,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə