Usat unversiteti falsafa fanidan taqdimot. Mavzu: Pandemiya XXI asrning glabal muommosi va uning oqibatlari



Yüklə 77,86 Kb.
səhifə2/4
tarix28.09.2023
ölçüsü77,86 Kb.
#124596
1   2   3   4
FALSAFA 120-MMT RUZIYEV SODIQJON

i

Iqlim o‘zgarishlari muammolari 2020 yilda biznes va siyosiy doiralar e'tibor qaratadigan masalalarning asosiysi bo‘lishi kutilayotgan edi. Sayyoramizni asrash 2020 yilda Davosda o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumida ham muhokamadagi asosiy mavzulardan biri bo‘lgan edi.

Biroq o‘shandan beri iqlim bilan bog‘liq muammolar siyosatchilar tomonidan ikkinchi darajali masala sifatida qoldirilmoqda. Sabab esa pandemiya.

Iqlim muammosi unga e'tibor qaratilmagani yoki boshqa yirikroq muammolar ko‘proq muhokama bo‘layotgani bilan chekinib qolmaydi. Isbot sifatida esa 2019 yil tarixdagi ikkinchi eng issiq yil bo‘lganini keltirish kifoya.

NORASMIY IQTISODIYOTDA BANT AHOLIMING ZARARI.

Ayrimlar karantin cheklovlari tufayli ifloslanish darajasi va issiqxona gazlarining qisqarishi iqlim muammolarini hal qilishda nimalarga erishish mumkinligini ko‘rsatib berdi, deb hisoblayotgan bo‘lsa, ba'zilar tabiat himoyasi uchun aniq rejalarning amalga oshirilishi bir necha yillarga ortga surildi, degan fikrda.

Karantin tufayli Nyu-Yorkda karbonad angidrid gazi ajralib chiqishi mart oyida odatiy ko‘rsatkichning yarmiga qisqargan bo‘lsa, Xitoyda dastlabki karantin cheklovlari ifloslanish darajasini 25 foizga kamaytirdi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda 2,9 foizga o‘sgan jahon iqtisodiyoti 2020 yilda 3 foizga qisqarishi mumkin.

Bundan tashqari, XVJ ishsizlik darajasi 2019 yildagi 3,7 foizdan 9,2 foizga chiqishini taxmin qilmoqda.

Hatto rivojlangan davlatlarda ham ishsizlik 6,6 foizdan 9,2 foizga ko‘tarilishi kutilyapti.

Xalqaro mehnat tashkilotining qayd etishicha, norasmiy iqtisodda band bo‘lgan aholi qatlami rasmiy sektordagi ishchilardan ko‘proq zarar ko‘radi. Dunyo bo‘ylab norasmiy sektorda band aholi 2 milliarddan ko‘proqni tashkil qiladi.

XMT hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab norasmiy iqtisodiyotda band bo‘lgan millionlab kishilarning daromadlari karantinning birinchi oyida 60 foizga qisqargan.


Yüklə 77,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə