Usat unversiteti falsafa fanidan taqdimot. Mavzu: Pandemiya XXI asrning glabal muommosi va uning oqibatlari



Yüklə 77,86 Kb.
səhifə3/4
tarix28.09.2023
ölçüsü77,86 Kb.
#124596
1   2   3   4
FALSAFA 120-MMT RUZIYEV SODIQJON

COVID-19 virusi

Oʻtgan yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan COVID-19 virusi qisqa muddat ichida butun dunyoni qamrab oldi. Insoniyatning shu kunga kelib shakllangan hayot tarzini oʻzgartirib yuborgan ushbu kasallik jahon miqyosida global muammoga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar yetakchisi boʻlgan AQSHdek qudratli davlat virusdan kasallanganlik boʻyicha karvonboshilik qilayotganligining oʻzi koronavirusning naqadar jiddiy xavf ekanligidan dalolatdir. Umuman olganda, pandemiya bugungi taraqqiyotning “moʻrt” tomonlarini ochib berish orqali butun bashariyat oldida hal etilishi lozim boʻlgan muammolar bisyorligini koʻrsatib berdi.

AYRIM MUOMMOLAR

Koronavirus pandemiyasi nafaqat insonlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi, balki davlatlarning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga zarar yetkazganligi bilan ham ahamiyatlidir. Tahlillarga tayanib aytganda, mazkur kasallik quyidagi ayrim muammolarni yuzaga keltirdi:

  • Jahon iqtisodiy inqirozining paydo boʻlishi hamda uning barcha mamlakatlarga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri;
  • Global miqyosda ishsizlikning avj olishi;
  • Karantin rejimi tufayli inson huquq va erkinliklarining cheklanishi.

Global miqyosda ishsizlikning avj olishi

Koronavirus oqibatida karantin rejimining joriy etilishi dunyo aholisining kundalik yashash tarzini keskin oʻzgartirib yubordi. Jumladan, Oxfarm xalqaro xayriya uyushmasi olib borgan tadqiqotlarda maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻylab aholining daromadlari 20 foizga qisqarishi mumkin.

Shuningdek, ekspertlar qashshoqlar soni 500 mln. kishiga yetishini taxmin qilishmoqda. Bundan tashqari sanoat hamda xizmat koʻrsatish sohasidagi subyektlarning nomaʼlum muddatga yopilishi ishsizlikning oshib ketishiga sabab boʻldi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020-yilning ikkinchi yarmida jahonda 195 mln. kishi ishsiz qolishini prognoz qilgan. Hisobotda inqirozdan kichik va oʻrta korxonalar, qishloq xoʻjaligi xodimlari, qochoqlar va mehnat migrantlari eng koʻp zarar koʻrishi aytib oʻtilgan. AQSH Mehnat vazirligi maʼlumotiga koʻra, aprel oyida inqiroz boshlangandan beri ishsizlar soni 22 millionga yetgan. Ayniqsa aviatransport, turizm, chakana savdo, restoranlar tarmogʻi sohasida yuz minglab ishchilar ishdan boʻshatilgan.


Yüklə 77,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə