Reja: kirish. I. Bob. Yangi o’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning nazariy-uslubiy asoslari


Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining yaratishning xorijiy mamlakatlar tajribasi va modellari tahlili



Yüklə 313,56 Kb.
səhifə8/13
tarix24.06.2022
ölçüsü313,56 Kb.
#90065
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
курс иши

2.2.Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining yaratishning xorijiy mamlakatlar tajribasi va modellari tahlili
Har bir mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi xalqiga munosib turmush tarzi yaratib berilgani bilan belgilanadi. Olimlarimiz o’tgan asrda mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubi-SHarqiy Osiyo, Osiyo va Afrika davlatlari modellarini o’rganib, tahlil qilgan. Lekin ushbu mamlakatlar tajribasini to’g’ridan-to’g’ri tatbiq etib bo’lmasligi amaliyotda isbotlangan. Bu davlatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi tekis va benuqson kechmaganligi esa tahlillarda ko’rsatib o’tilgan.
O’zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning milliy strategiyasi ishlab chiqilgan. U yurt manfaati, shart-sharoitiga to’la mos keladigan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yaqin tarixdan ma’lumki, O’zbekiston resurslarga boy mamlakat bo’lsa-da, iqtisodiy taraqqiyotda ko’plab SHarq mamlakatlaridan orqada qolgan edi. 1989-1990 yillarda ishlab chiqarish ko’rsatkichi juda past bo’lgan. Ishlab chiqarish, iqtisodiyotning o’sish sur’ati, modernizatsiya va diversifikatsiya jihatdan dunyo talablaridan ancha orqada qolgandi. Ana shunday davrda O’zbekiston iqtisodiy jihatdan yangilanishi uchun har tomonlama pishiq va puxta yo’lni tanlash zarur edi.
Mamlakatimiz istiqlolning ilk davridan boshlab, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanladi va bu yo’l MDHning boshqa davlatlaridan farqli o’laroq, yurtimizning ichki va tashqi qarzi oshib ketishiga imkon bermadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimiz yalpi ichki mahsulotining bor yo’g’i 1,5-2 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlar hissasiga to’g’ri kelgan. Buning sababi esa o’sha davrda xususiy tadbirkorlik qo’llab-quvvatlanmagan, ularning faoliyatini rivojlantirish bo’yicha chiqarilgan farmon va qarorlar korruptsiyaga berilgan buyruqboz amaldorlarning keskin qarshiligiga duch kelgan. Ayniqsa, bunda fermerlikni rivojlantirishda ko’rilgan choralarni eslash kifoya.

Mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti 6 marotaba oshgan. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotning 1991-2017 yillarda o’rtacha yillik o’sish sur’ati 4,5 foizni tashkil etgan. Iqtisodiy o’sishning o’rtacha yillik sur’ati 1996-2017 yillarda 6,4 foizni ko’rsatgan. Bunday ko’rsatkichlarga erishishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amaliy ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy o’sishida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari ulushini kengaytirishga ahamiyat berilgan. Masalan, BMT Taraqqiyot dasturi Inson taraqqiyoti to’g’risida ma’ruzani tayyorlash bo’limining ma’lumotiga ko’ra, 1990-2010 yillarda o’rta sinf bo’yicha janub mamlakatlarining ulushi 26 foizdan 58 foizgacha o’sgan. 2030 yilga borib jahonda o’rtahol aholining 80 foizi janubiy mamlakatlarga to’g’ri kelishi va ularning jami iste’mol xarajatlaridagi ulushi 70 foizga yetishi tahlillarda o’rganilgan.
– Janubiy mamlakatlar texnikaviy innovatsiyalar yaratishda ulkan yutuqlarga erishmoqda. Bu davlatlardagi kompaniyalar mahalliy talabga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda novatorlikni kengaytirmoqda. Misol uchun, Afrikaning aksariyat mamlakatlari eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish va investitsiyalar jalb qilishni rag’batlantirishda Malayziya tajribasini keng qo’llamoqda. 2008 yildan Xitoy, Hindiston va Turkiyaning to’qimachilik kompaniyalari global bozordan ichki bozorga ko’proq e’tibor qaratmoqda. Ichki bozorga tayanish mazkur mamlakatlar iqtisodiyotining yuqori sur’atlar bilan o’sishiga olib keldi.
Bundan ko’rinadiki, xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotdagi tajribasi O’zbekiston uchun muhim bo’lib, ularni tahlil qilish, o’rganish va maqbulini amaliyotda sinab ko’rish lozim. Bu kabi tahlil asosida yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishbilarmonlar qatlami safini kengaytirish va aholi daromadlarini oshirish imkonini bermoqda. Misol uchun, 2017 yilda yangi sanoat korxonalari qurish, xizmat ko’rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o’rni tashkil etilgan. 2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 57095,6 milliard so’mni, ya’ni jami sanoat ishlab chiqarishning 39,6 foizini tashkil etdi. Bu esa 2016 yilga nisbatan 102,1 foizga o’sish demakdir.

Bozor iqtisodiyotini qaror toptirishda qonuniy hujjatlarning ahamiyati katta. Deylik, 1996 yilda iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin, 2010 yil yakuniga ko’ra, milliy iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 400 dan ortiq, birgina O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq 100 dan ziyod qonuniy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Yüklə 313,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə