O’zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi



Yüklə 440,76 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü440,76 Kb.
#136564
  1   2
korporativ boshqaruv


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati 1994 - yili aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo maydonchasi, hamda MDH mamlakatlari ichida izchil rivojlanayotgan xom ashyo birjasi hisoblanadi.


Birja faoliyati maqsadi va predmeti


Birja faoliyati maqsadi va predmeti o‘rnatilgan qoidalar asosida oldindan ma’lum bo‘lgan joyda va vaqtda, ochiq savdolarni tashkil qilish va o‘tkazish yo‘li bilan birja tovarlari bilan savdo qilishga zaruriy sharoitlarni yaratishdir. Birja savdolarini tashkil qilish va aniqlangan haqiqiy talab va taklif nisbati asosida birja tovarlari narxlarini shakllantirish yo‘li bilan birja tovarlar bozorini yaratishdir.

Tarkibiy tuzilma
Yuqori organ – "O‘zRTXB"AJ aksiyadorlarining Umumiy majlisi
Boshqaruv organi “O‘zRTXB” AJ Kuzatuv kengashi
Ijrochi organ – “O‘zRTXB” AJ Boshqarmasi
"O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ tashkiliy tuzilmasi (01.04.2023 - yildan kuchga kirgan)


Texnologiyalar
Birjada 5 savdo platformalari faoliyat yuritadi:

  • Birja elektron savdo tizimi (avtomatlashtirilgan savdo-sotiqqa tegishli talablarni yig’ish va ularga javob berish elektron savdo tizimi);

  • Ko’rgazma yarmarkalarning elektron savdo tizimi;

  • Avtoraqamlarni sotish bo’yicha elektron savdo tizimi;

  • Elektron davlat xaridlari;

  • Mobilraqamlarni sotish bo’yicha savdo tizimi.


Birja savdolari

  • Yuqori malakali savdo xodimlari xizmatidan foydalanish xizmati;

  • Vositachi-brokerlarni tanlab olish imkoniyati;

  • Xarajatlarni oshirmasdan savdo hajmini ko’paytirish;

  • Bitimlar bajarilishining kafolatlanganligi;

  • Brokerlar idorasi orqali savdo operatsiyalarini amalga oshirishda shu xizmatlariga ma’lum bir foiziga teng miqdorda to’lov o’tkazish imkoniyati;

  • Savdo operatsiyalarining tezkorligi;

  • Barcha savdo ishtirokchilari uchun korxona hajmi, biror tarmoq yoki idoraga mansubligi, hududiy joylashuvidan qat’iy nazar tenglik ta’minlanganligi;

  • Bozorning yuqori darajada likvidligi;

  • Bitimlarni amalga oshirishda operatsion xarajatlarning kamligi;

  • Savdolarda ko’plab xaridorlar/sotuvchilarning ishtiroki hisobiga shakllangan kuchli raqobat asosida optimal bozor bahosini aniqlash imkoniyati.

Birja savdolarida ishtirok etish huquqi brokerlik joyini o’rnatilgan tartibda olgan birja a’zolariga beriladi.

‘O‘zRTXB’ AJ savdolari har kuni, shanba va yakshanbadan tashqari, Toshkent vaqti bilan 9:30 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat olib boruvchi mahalliy va xorijiy ishtirokchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2005-yil 4-martdan boshlab ‘O‘zRTXB’ da valyuta savdo maydonchasi ishga tushirilgan, u yerda birja savdolariga erkin ayirboshlanadigan valyutada qo’yiladigan har qancha miqdordagi yuqori yuqori likvidli mahsulotlarni sotib olish imkoniyati bor.






Yüklə 440,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə