5-Modul. Moliya: Davlat xaridlari Mavzu: Davlat xaridlari tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi. Reja: Davlat xaridlari tashkil etishning aqsh,Germaniya,Xalqaro Moliya Institutlari tajribasi va tamoyillari 2



Yüklə 156,54 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü156,54 Kb.
#152658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qodirov farhod mustaqil moliya


5-Modul. Moliya:Davlat xaridlari


Mavzu: Davlat xaridlari tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi.




Reja:
1. Davlat xaridlari tashkil etishning AQSH,Germaniya,Xalqaro Moliya Institutlari tajribasi va tamoyillari
2.Ochiqlik va ma’lumot olish imkoniyati
3.Elektron texnalogiyalar va savdolar
4.Yevropa ittifoqining davlat xaridlari tizimi va uning o’ziga xosligi
5. Davlat xaridlarini tashkil etishning yevropacha modellari,mavjud tamoyillari va amalga oshirish jarayonlari
6. Yunsitral va uning asosiy tamoyillari,Xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridlari bo’yicha shartnoma

Tayanch iboralar

Transferlar, ijtimoiy to’lov, Yalpi ichki mahsulot, ochiqlik, samaradorlik,farovonlik, texnologik, iqtisodiylik, telekommunikatsiya, qonuniylik, elektron savdo, xorijiy savdo, birlashgan millatlar tashkiloti, g’aznachilik



1 Davlat xaridlari tashkil etishning AQSH,Germaniya,Xalqaro Moliya Institutlari tajribasi va tamoyillari.
Davlat xaridini boshqarishning xorijiy tajribasi, xususan, AQSh, Avstraliya, Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o’rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimiz davlat xaridi tizimini boshqarishning samarali mexanizmalarini joriy etishda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat xaridini tashkil etishda AQSh tajribasini, ushbu mamlakatda davlat xaridini davlat moliyasi tarkibidagi o’rnini tahlilidan boshlaymiz. AQSh hukumati mudofaani ta’minlashga, ta’limga, shifoxonlar, yo’l qurilishi va boshqa umumjamiyat ehtiyojlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat xarajatlarni amalga oshiradi. AQShda shtatlar hukumati va mahalliy o’z- o’zini boshqarish organlari tovarlar va xizmatlar sotib olish uchun federal hukumatga nisbatan ham ko’proq xarajatlarni amalga oshiradi. Quyidagi 1-jadvalda AQShda davlat xarajatlarining taqsimlanishi aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlari ikki xil tartibda ajratilgan: birinchidan - xarajatlarni federal va shtatlar hamda o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida ajratib ko’rsatilgan; ikkinchidan - davlatning umumiy xarajatlari hamda tovarlar va xizmatlar sotib olishga yo’naltirilgan qismi (ya’ni ijtimoiy to’lovlarni ajratgan holda) aks ettirilgan. Ijtimoiy to’lovlar (transfertlar) - bu uni oluvchilarga tovarlar va xizmatlar taklif etilmasdan, to’lanadigan mablag’lardir.
AQSh hukumatining xarajatlari hamda tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi (YaIMga nisbatan % da)




Barcha darajadagi hukumat

Federal

Shtatlar, o’z-o’zini boshqarish organlari

Jami xarajatlar

37,8

24,5

13,3

Tovarlar va xizmatlar sotib olish

20,5

8,7

11,8

2006 yildafederalhukumatxarajatlariYaIMning 24,5 foizinitashkiletiganligigaqaramasdan, tovarlarvaxizmatlarsotibolishgasarflanganmablag’larhissasiYaIMning 9 foizimiqdorinitashkiletgan. Bufarq, federalhukumatxarajatlariningkichikqismitovarlarvaxizmatlarsotibolishgasarflanishibilanizohlanadi. Federalxarajatlarning2/3 qisminiaholigaijtimoiyto’lovlarto’lash, shtatlarvao’z- o’ziniboshqarishorganlarigasubsidiyalarajratishtashkiletadi. Federalhukumatijtimoiyto’lovlari, o’zichiga, ijtimoiyta’minotvaishsizliknafaqasinioladi. Tovarlarvaxizmatlarxaridiningkattaqismifederalhukumattomonidanamalgaoshiriladivaushbuxarajatlarningyirikulushi (YaIMning 7 foizi) mudofaaehtiyojlariuchunamalgaoshiriladi. Shtatlarhukumatlarivao’z- o’ziniboshqarishorganlaritomonidantovarvaxizmatlarxaridi, aksincha, ta’lim, yo’lqurilishi, shifoxonalarta’minotigasarflanadi. Umuman,
davlatsektorimamlakatdaishlabchiqarilganmahsulotningqariyb 20 foizinixaridqiladi.
Hukumatlar farovonlikning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatish uchun strategik tarzda xaridlarning ulkan salohiyati va iqtisodiy kuchidan (OCED hududidagi YaIMning 12%) tobora ko'proq foydalanmoqda. Davlat pullarining har bir senti samarali sarflanishini ta'minlashi kerak bo'lsa-da, hukumatlar iqtisodiyotga maksimal ta'sir ko'rsatishga, kengroq siyosat maqsadlariga erishishga va ijtimoiy muammolarni hal qilishga intiladi. Ushbu ta'sirni kuzatish va siyosiy qarorlar natijalarini muntazam ravishda ko'rsatish asosan ixtiyoriy bo'lmagan hududdir.Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti sifatida Germaniya mintaqadagi eng yirik davlat xarid bozorlaridan biriga ega. Davlat xaridlari Germaniya yalpi ichki mahsulotining taxminan 15 foizini tashkil qiladi, bu yiliga 500 milliard yevroni tashkil qiladi. Davlat xaridlari farovonlikning barcha sohalariga, jumladan, iqtisodiy, insoniy, ijtimoiy va ekologik jihatlarga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.Germaniya davlat xaridlarining strategik va iqtisodiy jihatlarini e'tirof etgan holda, uning turli ta'sirlarini tan olgan birinchi davlatlardan biri bo'ldi. Germaniya OECDdan o'zining federal xaridlar tizimini va inklyuziv o'sish va fuqarolar farovonligiga qaratilgan siyosat samaradorligiga muhim ta'sir ko'rsatadigan jihatlarni ko'rib chiqishni so'radi. Ushbu sharhning Germaniya davlat xaridlari tizimidan tashqari yana bir muhim natijalari, sharhda keltirilganidek, OECDning farovonlik va taraqqiyotni o'lchash bo'yicha asosini davlat xaridlariga qo'llash orqali davlat xaridlarining ta'sirini kuzatish uchun tizimli ob'ektivni ishlab chiqishdir.
Asosiy faoliyat maqsadi dunyoning turli mamlakatlarida iqtisodiyotning malum sohalarini rivojlantirish hisoblanadigan yirik notijorat tashkilotlar - Xalqaro moliya institutlarining (XMI) jamiyat mablag'lari hisobidan xaridni amalga oshirish tajribasini o 'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. XMIlari yirik miqdordagi mablag'larni to'playdi (badallik yig'imi sifatida ishtirokchilardan olingan, shuningdek, tijorat asosida kredit taqdim etish orqali to plangan) va yirik tijorat hamda notijorat tusdagi loyihalarni amalga oshiradi.
Loyihalar XMIlari mablag'lari hisobidan moliyalashtirilar ekan, ushbu mablag 'lardan foydalanish hamda xaridni amalga oshirish tartibi XMI tomonidan o 'rnatiladi. XMIlari tomonidan kredit resruslarini taqdim etish shartnomalaridan ushbu qoida amal qiladi.Chunki, bunday shartnomalar xalqaro maqomga ega, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirishda milliy qoidalar emas, balki XMI qoidalari amal qiladi.
Eng mashhur XMIlar sifatida quyidagilarni sanab o 'tish mumkin:

  • Jahon banki (JB), o 'z ichiga Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot bankini (XRTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (XRA) va boshqa qator tuzilmalarni o'z ichiga oladi;

  • Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB);

  • Osiyo qit'asida ro'yxatdan o'tgan mol etkazib beruvchilar uchun Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB);

  • turli xil fondlar (Know-How Foundation, USAID) va boshqa tashkilotlar.

Har qanday loyihani amalga oshirishda erkin bozordan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj seziladi. Masalan, ofis ishini tashkil etish uchun kompyuterga, shahar suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish uchun yangi nasoslarga, qurilish ishida injener xizmatiga ehtiyoj seziladi.
Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan tovarlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish qoidalari “XTTA qarzlari va XRA kreditlari hisobidan xaridni amalga oshirish bo'yicha Qo'llanma” keltirilgan va quyidagi usullarni nzarda tutadi:

  • xalqaro tanlov savdosi;

  • milliy tanlov savdosi;

  • xalqaro yopiq savdolar;

  • yagona manbadan xarid qilish.

Qo 'llanmada har bir jarayonni amalga oshirish muddatlari aniq ko'rsatilgan, har qanday vaziyatlarda harakatlar ketma-ketligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek xaridning murakkab turi sifatida, xalqaro tanlov savdolarini amalga oshirish aniq yoritilgan.Xaridni amalga oshirish uchun XMIlar tomonidan qo ’llaniladigan usullar, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda qo ’llaniladigan qoidalar, jarayonlar ko ’p jihatdan yuqorida ko ’rib o ’tilgan YuNSITRALning “Tovarlar va xizmatlar xaridi to’g’risida”gi namunaviy qonuni bilan o’xshashlikka ega. Shunday qilib, xalqaro hamjamiyat etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun jamiyat mablag’larini, soliq to’lovchilar mablag’lari bo’ladimi (rivojlangan mamlakatlarda davlat xaridi uchun) yoki XMIlari ishtirokchilarining mablag’larini (Jahon banki, ETTB loyihalari uchun xarid), uni sarflashda shartnoma tuzishning tanlov texnologiyalaridan foydalanmoqda.
Raqobat asosida tashkil etilgan xarid sotib olingan tovarlar va xizmatlarga xarajatlarni qisqartirishga, xarajatlarni amalga oshirish samarasini ta’minlaydi va davlat mablag’lari hisobidan buyurtmalarni joylashtirishda korruptsiya darajasini tushirishga yordam beradi.


Yüklə 156,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə