Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Yüklə 67,37 Kb.
səhifə1/10
tarix15.06.2023
ölçüsü67,37 Kb.
#117405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI HUZURIDAGI
MARG‘ILON BANK-MOLIYA TEXNIKUMI

Himoyaga ruhsat etiladi”


O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti
bo‘yicha direktor o‘rinbosari
__________________________
-------”----------------- 2022 yil


MALAKANI HIMOYA QILISH ISHI


Mavzu:Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar
Himoyachi:Karimov Islombek Nosirjon o’g’li


Marg‘ilon bank-moliya texnikumi ____-guruh o‘quvchisi


Himoya rahbari:______________________


Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi


Marg‘ilon – 2022

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………………………………….
1 BOB Davlat xaridlarini tashkil etishning iqtisodiy ahamiyati,modellari va huquqiy asoslari……………………………………………………………………………………………

    1. Davlat xaridlarini tashkil etishning huquqiy asoslari…………………………………….

    2. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari……………………………………………………….

    3. Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uning iqtisodiyotga ta’siri…………………………………………………………………………………………

  1. BOB Davlat xaridini boshqarish………………………………………………………………..

    1. Davlat xaridini boshqarish orqali kichik biznes sub’ektlarining rivojlanishiga ta’sir etish…………………………………………………………………………………………………………

    2. O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish va boshqarishning joriy xolati………………………………………………………………………………………………………………..

    3. Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi………………..

XULOSA………………………………………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………..


KIRISH
Mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishida davlat xarajatlarini boshqarishning zamonaviy tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat xarajatlari sarflanishining samaradorligini oshirish, ulardan optimal darajada foydalanishni yo’lga qo’yish milliy iqtisodiyotimiz rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Davlat xaridi davlat infratuzilmasini iqtisodiy jihatdan ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasi iqtisodiy vaijtimoiy infratuzilmadan iborat bo’ladi. Iqtisodiy infratuzilma transport, ishlab chiqarish sohalarini kengaytirish, zamonaviy texnika a texnologiyalarni turli sohalarga jalb etishdan iborat bo’lsa, ijtimoiy infratuzilma jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bog’liq bo’lgan sohalar(ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya kabilar)ni o’z ichiga oladi. Davlat xaridi ushbu infratuzilmalarni moliyaviy jihatdan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Davlat xaridi orqali iqtisodiyotning turli sohalarida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirishga, korxonalar o’rtasidagi raqobatni rivojlantirishga, korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilashga, kichik biznesni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish mumkin. Shu bilan birga, davlat xaridi orqali milliy ishlab chiqaruvchilarning chet el korxonalari bilan raqobatbardosh bo’la olishi imkoniyati ortadi. Chunki davlat o’ziga kerakli xaridni amalga oshirar ekan, bunda xizmat yoki mahsulot sifati yuqori bo’lishi kerak. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarni turli elektron savdolar va tenderlarda faolligini oshiradi. Sifatli mahsulot yaratuvchi korxonalar chet elda o’tkaziladigan tenderlarda ham ishtirok etishi mumkin. Natijada eksport ortadi, aholi daromadlari ko’payadi. Bozor iqtisodiyotining muhim talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotga erkin narx shakllanishidir. Bozor sharoitida korxona talab va taklif
nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash imkoniga ega bo’ladi. 1994 yildan boshlab respublikada xarajatlarni shakllantirishning o’ziga xos tartibi amal qilib, unga ko’ra korxona tomonidan narx belgilashda ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlari hisoblab chiqiladi. Bunda, joriy xarajatlar, ma’muriy va boshqa ayrim xarajatlar davr xarajatlari (yalpi foyda)ga kiritila boshlandi. Mahsulotning “to’liq
tannarxi” iborasi narx belgilash bo’yicha uslubiy qoidalardan umuman chiqarilib tashlangan edi. Natijada mahsulotning ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi to’liq tannarxiga nisbatan rentabelligi ko’rsatkichini aniqlash mumkin bo’lmay qoldi. Ko’pchilik korxonalar o’z xarajatlarini tahlil qilishga rasmiy qaray boshlashdi. Faqat tabiiy monopoliyalar va qonunchilikka muvofiq o’z mahsulotlari
narxini vakolatli organlarda deklaratsiyalashi lozim bo’lgan monopolist-korxonalar bundan mustasnodir. Ayni paytda, ayrim korxonalar o’z xarajatlarini faoliyat turlari bo’yicha ham, iqtisodiy elementlar bo’yicha ham hisoblashni davom ettirdilar. Mazkur usullardan foydalanish korxonalarga talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuv hajmlari va narxlar nisbatini aniq hisobga olishga imkon beradi, bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshiradi. Narx belgilashning bunday tartibidan hozirgi paytda birmuncha o’zgartirishlar
bilan foydalanilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan maqsad davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishgaerishishdir. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar va narx tizimini davlat tomonidan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, iqtisodiyotda narx tizimini tartibga solish orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishiladi, bozor raqobat natijasida sifatli mahsulot, ish va xizmatlarga to’yinadi. Korxonalar tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatigabog’liq bo’lib, raqobat kurashi kuchaygan sharoitda oqilona narx siyosati korxona moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa, davlat xaridi tizimida raqobatni rivojlantirish maqsadida optimal narxda tovar(ish,xizmat) etkazib beruvchi korxonalar va kichik biznes sub’ektlarining elektron katolog va elektron savdolarda ishtiroklari ko’lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. Bu maqsadga erishish uchun bo’lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni
talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va
mexanizmi, davlat xaridini tashkil etishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning davlat xaridi tizimini o’rganish va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ilg’or tajribalarini o’zimizning amaliyotga tadbiq etish borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Maskur o’quv majmua aynan
mana shu maqsadga xizmat qiladi. 

Yüklə 67,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə