Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Davlat xaridlarini tashkil etish modellari



Yüklə 67,37 Kb.
səhifə3/10
tarix15.06.2023
ölçüsü67,37 Kb.
#117405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘

1.2 Davlat xaridlarini tashkil etish modellari
Davlat xaridini tashkil etish bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar tajribasini o’rganib, uning uch xil modellari mavjud ekanligini ko’rish mumkin.
Markazlashgan model – bunda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish
maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi - xaridni tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi. Agar, markazlashish darajasi yuqori bo’lsa, barcha turdagi xaridga javobgar bo’lgan maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model - bunda davlatning buryutmachisi
o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan
modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z
ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan.
Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model
ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi. O’z navbatida, markazlashgan model yirik hajmdagi ulgurji xarid tufayli past baholarni ta’minlaydi, ammo egiluvchan emas va har doim ham tovarlar hamda xizmatlarning arizada
ko’rsatilgan xususiyatlarini o’zida aks ettirmasligi mumkin.
Qisman markazlashgan modelda esa, xaridga buyurtmani joylashtirish
vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga
oshiradi.
Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy
asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomillashtirib borish, davlat moliya
tizimining muhim strategik vazifalaridan hisoblanadi.
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini aniqlab
olishdan boshlanadi.
Xalqaro va milliy qonunchilikda o’rnatilgan me’yorlar asosida xaridning qaysi
shakli qo’llanilishi aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy jarayonlar buyurtmachi
tomonidan boshqarilib boriladi.
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish xalqaro va milliy
qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Davlat xaridi tizimini boshqarish bir-biri bilan uzviy bog’langan to’rtta
elementni o’z ichiga oladi 1-chizma). Bu elementlar kompleks tusga ega bo’lib, har
bir elementni muvoffaqiyatli amalga oshirish, davlat xaridini samarali bo’lishini
ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Davlat xaridini rejalashtirish – keyingi davr uchun byudjetni tuzish va
qisman yoki to’liq davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya
dasturini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon o’z ichiga:

byudjet so’rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organlariga taqdim
etish;

davlat byudjetini tasdiqlash va byudjet ajratmalari hajmini byudjet
mablag’lari oluvchilarga etkazish;
davlat xaridini rejalashtirish 
xaridni tashkiliy shakllari 
shartnomalarni tuzish va ijro etish 
davlat xaridini nazorat tizimi 
DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH ELEMENLARI

xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari
buyicha ro’yxatdan o’tkazishni qamrab oladi.
Bugungi kunda, O’zbekistonda davlat xaridini rejalashtirish amaliyotini
o’rganadigan bo’lsak, davlat organlari va tashkilotlarning tovarlar va xizmatlarga
bo’lgan talabi haqida axborot oqimining “pastdan-yuqoriga” mexanizmining
qonunchilikda ko’zda tutlishiga qaramasdan, ushbu ehtiyojlarni moliyalashtirish hajmlarini aniqlash bir tomonlama tartibda “yuqoridan-pastga” ko’rinishda amalga oshirilishini guvohi bo’lamiz. Bu davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlar ro’yxatidan “muhim bo’lmagan”, “ortiqcha” va “asoslanmagan” xarajat bo’limlarini chiqarib tashlash (qisqartirish) orqali amalga oshiriladi. Bunday ko’rinishdagi rejalashtirish mexanizmi asosida, byudjet mablag’larini taqsimlovchilar ehtiyojlarini hamda unga etarli miqdordagi moliyalashtirish hajmlarini aniqlashning me’yoriy-xarajat usuli qo’llaniladi.
Byudjetni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib, byudjetning eng yuqori
imkoniyatlarini aniqlash, ya’ni tovar va xizmatlarga bo’lgan aniq talabni inobatga
olmasdan, xarajatlarning yuqori limitini belgilashdir. Boshqacha qilib aytganda, ajratiladigan moliyaviy mablag’lar real ehtiyojlarga nisbatan etarli miqdorda emas. Shundan kelib, chiqadigan bo’lsak, moliya yili oxirida yuzaga keladigan profitsit davlat organlarining moliyaviy ehtiyojlarini to’la qondirilganligini va ushbu resurslar ortiqchaligini bildirmaydi.
Davlat xaridini rejalashtirish mamlakat byudjetini tayyorlash jarayonida
amalga oshiriladi (investitsion dasturni tayyorlash jarayoni bundan mustasno
bo’lib, u Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning 12 sentyabrida 395-sonli qaroriga
asosan tayyorlanadi). Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va xizmatlar,
davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlar bo’limlarida mos ravishda aks
ettiriladi. Ushbu xarajatlar va ular uchun zaruriy moliyaviy manbalar choraklar bo’yicha taqsimlangan holda rejalashtiriladi.
Byudjetni shakllantirish pastdan-yuqoriga, ya’ni tumandan respublika
darajasiga byudjet so’rovnomalarini taqdim etish(tuzish) va uni umumlashtirish orqali birlamchi byudjet loyihasini tuzish bilan amalga oshiriladi. Shundan so’ng, byudjet loyihasini tuzishda chegaralovchi omillar qo’llaniladi. Eng asosiy

Yüklə 67,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə