Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Yüklə 67,37 Kb.
səhifə9/10
tarix15.06.2023
ölçüsü67,37 Kb.
#117405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘

Tanlov savdolari qatnashchilari. 
Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi
va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o’tkazish
to’g’risida qaror qabul qilish; 

rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o’tkazish shakli,


turi va sanasini belgilash; 

tanlov savdolari tashkilotchisi funktsiyasini amalga oshirish (ushbu funktsiyalarni jalb
etiladigan tashkilotga berishi mumkin); 

mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari
predmetining boshlang’ich qiymatini belgilash. 
Buyurtmachi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
tanlov komissiyasi tarkibini va ish tartibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, uning ishida
qatnashadi; 
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga bog’liq bo’ladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini belgilaydi;
tanlov savdolarining tashkilotchisi bo’ladi (ushbu funktsiyalarni jalb etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin); 
 tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi; 
talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga qo’yiladigan asosiy
talablarni, tanlov savdolari predmetiga qo’yiladigan va tanlov hujjatlari tarkibiga kiritiladigan
maxsus va texnik talablarni belgilaydi; 
belgilangan tartibda ekspertizaning o’tkazilishi va tanlov hujjatlari tasdiqlanishini
ta’minlaydi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi bilan kelishgan
holda tanlov savdolari natijalari to’g’risidagi hisobotni tasdiqlaydi; 
 tanlov savdolari g’olibi bilan shartnoma tuzadi; 
tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi. 

Buyurtmachi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada


nazarda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.
Quyidagilar tanlov savdolari tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tanlov savdolari o’tkazish tartib-qoidalarini belgilash; 
tanlov savdolari predmetiga qo’yiladigan maxsus, texnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolarini o’tkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish; 
belgilangan shakl bo’yicha tanlov savdolari o’tkazilishi to’g’risidagi e’lonni matbuotda
chiqarish va/yoki potentsial talabgorlarga taklifnomalar yuborish; 
agar tanlov hujjatlarida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, arizalar va ofertalarni
qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlash; 

jalb etiladigan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki
maslahatchilarning ishlarini tashkil etish; 

talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish; 

ofertalarning asl nusxalarini ular ochilgandan keyin buyurtmachiga berish. 
Tanlov savdolarini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb
etilgan taqdirda tanlov savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari u bilan
buyurtmachi o’rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Tanlov komissiyasi quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
 o’zining ish tartibini belgilaydi; 
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov shartlariga bog’liq bo’lgan tanlov
savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini tasdiqlaydi; 
ofertani qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi; 
talabgorning malakasini oldindan aniqlaydi, agar u tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan
bo’lsa; 
 tegishli ravishda rasmiylashtirgan holda tanlov savdolarini o’tkazish tartib-qoidalarini
amalga oshiradi; 
ichida ofertalar bo’lgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlarida belgilangan
talablarga muvofiqligini tekshiradi (hujjatlarning to’liq taqdim etilishi, rasmiylashtirish va
hokazolar) va konvertlarni ochish to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi; 
mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb etish zarurligini belgilaydi yoki tanlov komissiyasi a’zolari orasidan baholash guruhini tuzadi; 
tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan mezonlarga muvofiq ofertalarni o’rganadi, tekshiradi va
ko’rib chiqadi, tanlov savdolari g’olibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi; 
tanlov savdolarini o’tkazish jarayonida paydo bo’ladigan nizolar va kelishmovchiliklarni
ko’rib chiqadi va tartibga soladi hamda ular bo’yicha tegishli xulosalar chiqaradi. 
Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo’lishi kerak. Qoidaga ko’ra, tanlov
komissiyasi tarkibiga investor, buyurtmachi, O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xizmat ko’rsatuvchi bank vakillari kiritiladi. Tanlov savdolari
predmetiga bog’liq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga loyiha, ekspert
tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Tanlov
komissiyasi tarkibida investor vabuyurtmachining vakillari soni komissiya a’zolari
umumiy sonining to’rtdan bir qismidan ortiq bo’lmasligi kerak. 

2.3 Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi

Davlat xarid tizimi tashkil etish va boshqarishning AQSH tajribasi



Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O’zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag’larini samarali boshqarish,
shuningdek, xarid jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’eklarini ushbu sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko’zlaydi.
Davlat va mahalliy organlar xaridining samarasi amaldagi qonunchilik,
davlat xaridini tartibga soluvchi organlar faoliyatining samarasi hamda xaridn
amalga oshiruvchi xodimlarning professionallik darajasi kabi omillarga bevosita bog’liq.
Davlat xaridini boshqarishning xorijiy tajribasi, xususan, AQSh, Avstraliya,
Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o’rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimiz davlat xaridi tizimini boshqarishning samarali mexanizmalarini joriy etishda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat xaridini tashkil etishda AQSh tajribasini, ushbu mamlakatda davlat
xaridini davlat moliyasi tarkibidagi o’rnini tahlilidan boshlaymiz. AQSh hukumati
mudofaani ta’minlashga, ta’limga, shifoxonlar, yo’l qurilishi va boshqa
umumjamiyat ehtiyojlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat xarajatlarni amalga oshiradi. AQShda shtatlar hukumati va mahalliy o’z- o’zini boshqarish organlari
tovarlar va xizmatlar sotib olish uchun federal hukumatga nisbatan ham ko’proq xarajatlarni amalga oshiradi.
Federal hukumat ijtimoiy to’lovlari, o’z ichiga, ijtimoiy ta’minot va ishsizlik
nafaqasini oladi.Tovarlar va xizmatlar xaridining katta qismi federal hukumat
tomonidan amalga oshiriladi va ushbu xarajatlarning yirik ulushi (YaIMning
foizi) mudofaa ehtiyojlari uchun amalga oshiriladi. Shtatlar hukumatlari va o’zo’zini boshqarish organlari tomonidan tovar va xizmatlar xaridi, aksincha, ta’lim,
yo’l qurilishi, shifoxonalar ta’minotiga sarflanadi. Umuman, davlat sektori
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning qariyb 20 foizini xarid qiladi.
AQShning davlat xaridi sohasidagi faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish -
Federal xarid siyosati boshqarmasi (Office of Federal procurement Policy)
tomonidan amalga oshiriladi. Bu organ dastlab, Byudjetni boshqarish
boshqarmasida maslahatchi organ sifatida 1974 yilda tashkil etilgan, 1988 yildan
hukumatning doimiy faoliyat yurituvchi organi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Federal xarid agentliklari tomonidan amalga oshiriladigan barcha xarid
1984 yilda ishlab chiqilgan davlat xaridini tartibga soluvchi qoidalar yig’indisi (Federal Acquisition Regulation, FAR1) bilan tartibga solinadi. Unda xaridnitashkil etishning barcha bosqichlari xaridni rejalashtirish, davlat xaridini amalga 
oshirishni boshqarish va uni tugallashgacha bo’lgan barcha bosqichlar o’z aksini topgan. FAR dan ko’zlangan asosiy maqsad - davlat ehtiyoji uchun xaridni amalga
oshiruvchi barcha federal agentliklar tomonidan yagona xarid siyosatini amalga
oshirish va yagona xarid qoidalaridan foydalanishni ta’minlashdan iborat.
FARning missiyasi esa, xaridni amalga oshirishga bo’lgan vaqt cheklanganligini
inobatga olgan holda, davlat buyurtmachilarini eng optimal baho/sifat
munosabatini ta’minlagan holda tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.
FAR ga asosan AQShda davlat xaridiga buyurtmani joylashtirishda quyidagi
jarayonlar amalga oshiriladi:

ochiq savdolar;

ikki bosqichli savdolar;

muzokorlar olib borish;

xaridni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish.
Boshqa mamlakatlar amaliyotida uchramaydigan soddalashtirilgan tartibda
amalga oshirish usuli shartnoma summasi katta bo’lmaganda (100 ming AQSh
dollari miqdorigacha) va yiliga 5 mln AQSh dollaridan ortmaganda qo’llaniladi.
Bunda sun’iy ravishda xarid hajmini pasaytirish (mayda qismlarga ajratish orqali)
taqiqlanadi. Soddalashtirilgan usulga quyidagilar kiradi:
baho kotirovkalari so’rovnomasi;
juda kichik hajmdagi (2500 dollargacha ) xaridni amalga oshirishda
Korporativ xarid plastik kartlaridan foydalanish;
xarid uchun buyurtma joylashtirish;
turlari ko’p bo’lgan mahsulotni doimiy sotib olishda namunaviy-me’yoriy
shartnomalardan foydalanish (masalan – buyurtmachini avtoxo’jaligi uchun ehtiyot
qismlar sotib olish, yoki ofis uchun kontselyariya tovarlarini sotib olish) va
boshqalar.
AQShda davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish ikkita asosiy
yo’nalishda amalga oshiriladi:
joriy faoliyatni ta’minlash uchun (moddiy-texnik ta’minot);
ma’lum davlat organini ish yo’nalishi bo’yicha xarid (avvalo ilmiy tadqiqot
ishlari, kapital quyilmalar).
AQSh xorijiy mamlakatlar orasida davlat xaridini axborot bilan ta’minlash
sohasida eng boy tajribaga ega mamlakat hisoblanadi. AQShda davlat xaridini
federal darajada tartibga solish bo’yicha dastlabki qonun 1972 yilda qabul qilingan.
Ushbu qonunga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish bo’yicha
vakolat Moliya vazirlgi va Mudofaa vazirligiga berilgan.

Umuman, AQShda davlat xaridi tizimi markazlashtirilmagan tarzda


tashkil etilgan.
Hozirgi paytda federal organlar ehtiyojlari uchun xarajatni
amalga oshirish Umumiy Xizmatlar Boshqarmasi (UXB) – (General Services

Adminstration) zimmasiga yuklatilgan. Vazirlik va idoralarning arizalariga


asoslanib, UXB tender savdolarini tashkil etish orqali yirik hajmdagi ulgurji
xaridni amalga oshiradi. Tovarlar UXBning yukxonalarida saqlanadi va
buyurtmachilarga ulgurji baholar ustiga sezilarsiz ustama qo’shish bilan (UXBning
faoliyat
xarajatlarini
qoplash
maqsadida qo’shiladigan) qayta sotiladi.
Buyurtmachilarga Umumiy xizmatlar Boshqarmasi tomonidan markazlashgan
holda sotib olinadigan 4 mln dan ortiq tovarlar xilma-xilligi taklif etiladi. Umumiy
xizmatlar adminstratsiyasi tomonidan bajariladigan yana bir muhim vazifa bu -
xarid etish jarayoni xarajatlarini pasaytirishdan iboratdir. Masalan, Umumiy
xizmatlar adminstratsiyasi tomonidan xarid uchun sarflangan xarajatlar umumiy xarajatlarning 2.07 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2005 yilda 1.75 foizga qisqargan.
Milliy mudofaa ehtiyojlari uchun xarid Mudofaa vazirligi – (Department of
Defense) tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim ixtisoslashgan xarid turlari boshqa idoralar tomonidan ham amlga oshiriladi, masalan, Energitika sohasidagi
tadqiqotlar va rivojlanish Agentligi – (Energy Research and Development
Agency), Kosmik tadqiqotlar va Aeronavtika Milliy Boshqarmasi –(National
Aeronautics and Space Adminstarion, NASA) va boshqalar.
Federal xarid bo’yicha monitoringni amalga oshirish Xarid siyosati Federal
Boshqarmasi – (Office of Federal Procurement Policy) zimmasiga yuklatilgan,
xarid siyosati sohasida idoralararo muvofiqlashtirish esa, Federal xaridni tartibga
soluvchi Kengash tomonidan amalga oshiriladi – (Federal Acquisition Regulatory
Council).
AQShda davlat xaridini huquqiy asosini: Federal ehtiyojlar uchun xaridni
amalga oshirish Tartibi (Federal Acquisition Regulations, FAR) va Mudofaa
ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish Tartibi – Qo’shimchalar (Defense
Federal Acquisition Regulations – Supplement, DFARS) kabi hujjatlar tashkil
etadi. Ushbu hujjatlar xarid jarayoni tamoyil va bosqichlarini juda ham
detallashgan tarzda ifodalaydi va butun federal xaridning tizimini tartibga soladi.
Xarid sohasiga tegishli bo’lgan barcha qonunchilikni ikki kategoriyaga
ajratish mumkin.
Birinchi kategoriya – umumfederal qonunchilik. Mazkur qonunlar davlat
xaridini tashkil etish jarayonini tartibga soladi, federal darajadagi ijroiy organlar vakolatiga tegishli bo’lgan xaridning ayrim turlarini amalga oshirish bo’yicha yuridik me’yorlarni belgilaydi.
Ikkinchi kategoriya –shartnomalar shakli va ularni amalga oshirish bo’yicha
maxsus qonunchilik bo’lib, u xarid jarayonlarini axborot bilan ta’minlash va uning
natijasini tahlilini amalga oshirishni tartibga soladi.


XULOSA
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
zaxiralarini boshqarish qo’mitalari korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va
harbiy qismlari byudjet xarajatlarining, shu jumladan, maxfiy xarajatlarning g’azna
ijrosi, shuningdek respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarni ishlatgan holda maxfiy tusga ega bo’lgan byudjet xarajatlarining ijrosi, 2009 yil 16 aprelda ro’yxatgan olingan 1941sonli “Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining byudjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega bo’lgan byudjet xarajatlarning g’azna ijrosi tartibi haqida nizom” bilan tartibga solinadi.
Kapital qo’yilmalarga xarajatlar aralash manbalar hisobidan, misol uchun,
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan va davlat byudjeti mablag’lari hisobidan va Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar)ning kreditlari, qarzlari va grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda, shartnomalar, ish bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlar xalqaro shartnomalar talablari va shakllariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda, kapital qurilish buyurtmachilari g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga
olish uchun shartnomalarning ikkita asl va bir ko’chirma nusxasini taqdim qiladi, g’aznachilik bo’linmalari ularni o’rnatilgan tartibda tekshirgandan so’ng, ularni g’aznachilik bo’linmasining (birinchi va ikkinchi) imzo qo’yish huquqiga egabo’lgan tegishli shaxslari (keyingi o’rinlarda mansabdor shaxslar) imzosi qo’yilgan va g’aznachilik bo’linmasining muhri bilan tasdiqlangan shartnomalar nusxalarining barcha varaqlariga "Ro’yxatga olingan" shtampini qo’yish yo’li bilan ro’yxatga oladi.
Boshqa xarajatlarni amalga oshirilishida ham byudjet tashkiloti tomonidan
tejamlilik, oqilonalik tamoyillariga amal qilishni talab etadi.
G’aznachilik organlarida pul mablag’larini samarali boshqarish, moliyaviy
majburiyatlarning limitini baholash uchun xarajatlarni amalga oshirish ruxsat
(XAOR) joriy etiladi. Bunda har haftada pul mablag’larini boshqarish bo’linmasi kassa rejasini yangilaydi va XAOR hajmini belgilaydi. Keyin byudjet tasnifiga muvofiq byudjet tashkilotlariga XAOR beriladi
. XAORlar muayyan muddatga
yoziladi va shu muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini yo’qotadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi
414-sonli
"Byudjet
tashkilotlarini
mablag’ bilan ta’minlash tartibini
takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Hukumat
qarorlari to’plami, 1999 y. N 9, 51-modda) muvofiq, byudjetdan mablag’
oluvchilarni Davlat byudjetidan xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha
moliyalashtirish tartibi belgilangan:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan
manzilli ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy xizmatlar va boshqa
xarajatlar).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari uchun to’lovlar, Davlat
byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari(2007-sonli)da ko’zda tutilgan tartib asosida
amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini o’tkazish quyidagi
hollarda amalga oshiriladi:

to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-


faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda; 

qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar
bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari
doirasida bo’lganda; 

agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga
olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim
bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda; 

buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi
hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to’lovlarini o’tkazishi
lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda; 

to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada


ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganda. 
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining
to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan
g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida
amalga oshiriladi

Yüklə 67,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə