Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Yüklə 67,37 Kb.
səhifə5/10
tarix15.06.2023
ölçüsü67,37 Kb.
#117405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘

Ochiq tanlov. Ochiq tanlov deganda shunday tanlov turi tushuniladiki, bunda
buyurtmachi tomonidan xarid to’g’risidagi ma’lumot va kerakli tanlov hujjatlari yagona
informatsion tizimda chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtiriladi va xarid
ishtirokchilariga yagona talablar qo’yiladi.  
Raqobatbardosh xaridlarning asosiy usuli ochiq tanlov bo’lib, bunda tanlov
o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnomani olgan har qanday mol yetkazib beruvchi tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g’olibi bo’lib, shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni
taklif qilgan shaxs hisoblanadi. Odatda, bu tanlovda juda katta hajmdagi hujjatl
talab etiladi.
2. 
Ishtiroki chegaralanga tanlov. Ishtiroki chegaralangan tanlovda buyurtmachi
tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim
orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga yagona
va qo’shimcha talablar qo’yiladi hamda bu tanlov g’olibi kvalifikatsionoldi tanlovdan o’tgan xarid
ishtirokchilari orasidan aniqlanadi.  
Ishtiroki chegaralangan tanlov quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- agar tovar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun
ularning innovatsion, yuqori texnologik yoki maxsus xarakterdagi murakkablik
darajada bo’lsa va ularni faqatgina yuqori malakali mol yetkazib beruvchilar
(pudratchilar, ish bajaruvchilar) amalga oshira olsa;
- xalqlarning tarixiy obidalari kabi madaniy obyektlarni saqlash bo’yicha
ishlar bajarish;
- Muzey Fondi tarkibiga kiritilgan muzeylar kolleksiyalari va muzey
predmetlarini restavratsiya qilish;
- Arxiv fondining hujjatlarini restavratsiya qilish;
- Kutubxona fondiga kirga qimmatli va noyob hujjatlarni restavratsiya
qilish;
- Mazkur muzey, arxiv, kutubxonalarda ishlar bajarish uchun ularning
hisob bazasi hamda muzey kolleksiyalari va predmetlari, arxivdagi hujjatlarning
xavfsizligini ta’minlash tizimiga kirish ruxsati bo’lishi lozim bo’lgan holatlar
kiradi.
Ishlarning texnik yoki texnologik darajasining murakkabligi sababli hamda
ularning innovatsion, yuqori texnologiyali va maxsuslashtirilgan xarakterda
bo’lganligi sababli bu ishlarni faqatgina maxsus va yuqori malakaga ega bo’lgan
mutaxassislar bajarishi lozim bo’lgan holatlar ro’yxati hukumat tomonidan
belgilab beriladi.
3. 
Ikki bosqichli tanlov. Ikki bosqichli tanlov deganda, buyurtmachi tomonidan xarid
o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali
chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga yagona va
qo’shimcha talablar qo’yiladi va bu tanlov g’olibi bo’lib, tanlovning ikkala bosqichidan (shu
jumladan, qo’shimcha talablar qo’yilganda, birinchi bosqichdagi kvalifikatsiya oldi tanlovdan
ham) o’tgan va ikkinchi bosqichda shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilgan
shaxs g’olib hisoblanadigan tanlov tushuniladi. 
Buyurtmachi ikki bosqichli tanlovni quyidagi shartlarga binoan o’tkazishga
haqli. Bular:
1) tanlov ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, loyihaviy ishlar ( shu jumladan,
arxitektura-qurilish loyihalarini tuzish)ni bajarish, tajribalar o’tkazish, ilmiy
izlanish, innovatsion va yuqori texnologik mahsulotni yetkazib berish,

energoxizmat hamda adabiyot yoki san’at asarlarini yaratish bi;an bo’gliq bo’lgan


shartnomalarni tuzish uchun o’tkazilishi kerak;
2) xarid obyektining xususiyatlarini aniqlashtirish uchun xarid ishtirokchilari
bilan uning muhokamasini o’tkazish shart.
4. 
Elektron shakldagi auksion(elektron auksion).Elektron shakldagi auksionda ,
buyurtmachi tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona
informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov
ishtirokchilariga yagona va qo’shimcha talablar qo’yiladi va bunday auksion elektron maydonda
uning operatori tomonidan olib boriladi. 
Auksion g’olibi bo’lib, eng past shartnoma narxini taklif qilgan shaxs
hisoblanadi.
Buyurtmachi xarid qilayotgan tovar, ish, xizmatlar Hukumat tomonidan
belgilangan tovar, ish, xizmatlar ro’yxati tarkibida yoki davlat hokimiyatining
ijroiya organi tomonidan belgilangan qo’shimcha ro’yxat tarkibida bo’lsagina
elektron auksionni o’tkazishi mumkin. Bunda ma’lum kotirovkalarga so’rov,
ma’lum takliflarga so’rov yoki aynan bir mol yetkazib beruvchi bilan xaridni
buyurtma qilish kabi holatlar bundan mustasnodir.
Tovar, ish, xizmlatlar yuqorida aytib o’tilgan, davlat tomonidan belgilab
qo’yilgan tovar, ish, xizmlatlar ro’yxatiga quyidagi holatlarda kiritilishi mumkin:
1) xarid obyektining ta’rifini aniq va to’liq shakllantirish imkoniyati
bo’lganda;
2) bunday auksion g’olibini aniqlash talablarining miqdoriy va pul
ko’rinishidagi bahoga ega bo’lishi.
Buyurtmachi mazkur maqoladagi ro’yxatda keltirilmagan tovar, ish,
xizmatlarni ham elektron auksion orqali xaridini amalga oshirishi mumkin.
5. 

Yüklə 67,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə