Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uning iqtisodiyotga ta’siri



Yüklə 67,37 Kb.
səhifə7/10
tarix15.06.2023
ölçüsü67,37 Kb.
#117405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘

1.3 Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uning iqtisodiyotga ta’siri

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki


kunlardan boshlab ijtimoiy yo’naltiriligan bozor iqtisodiyoti sari islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.
Davlat tizimi va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida xarajatlarni
boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantirilmoqda. Bu o’z navbatida, davlat
mablag’larini sarflanishi samaradorligini ta’minlashga, uning zamonoviy
boshqaruv mexanizmlarini amalda tatbiq etishga imkon beradi.
Xalqaro miqiyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat mablag’lari
hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo’yilgan vazifalarning
muhimligini oshirmoqda.
Ma’lumki, davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi
zarur. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli
tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko’tarishga, hamda
ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani
ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan
iborat bo’ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat byudjeti va davlatning
boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali moliyalashtiriladi.
Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat miqyosida
markazlashgan, davlat ishtirokida to’plangan va sarflanadigan moliyaviy
resurslarni anglatadi. Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi alohida o’ringa ega. Tovar va xizmatlarni xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida muhim o’rin egallaydi hamda fondlar hamda investitsiyani samarali
o’zlashtirishga yo’naltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi. O’zbek tilidagi “xarid” termini (inglizchada, procurement - prokyurment) “sotib olish” ma’nosi bilan bir ma’noda
ishlatilib, zamonoviy tushunchalarda mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni yoki
ko’rsatilgan xizmatlarni ma’lum haq evaziga olish demakdir (inglizchada,
procurement of goods, works and services).
Davlat xaridi - bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman
yoki to’liq davlat mablag’lari evaziga sotib olishdir
.
Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to’g’riroq bo’ladi. Shunday
ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish va amalga oshirish hamda
nazorat etish bilan bog’liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi.
Davlat xaridi davlat infratuzilmasini moddiy-moliyaviy ta’minlash uchun
amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy
qismiga ajratish mumkin:

iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo’lgan infratuzilmalar);

ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, yoki
boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi infratuzilmalar).
Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish zarurati umumjamiyat
manfaatlaridan kelib chiqadi. O’zbekistonda ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va
davlat xaridi mavjud qonuniy-me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo’yicha amalga oshirilayotgan
o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh
etish, uni tartibga soluvchi huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlari
samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi
elementlardan foydalanish samarali yo’nalish hisoblanadi: davlat xaridini
boshqarish yuzasidan ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish; davlat xaridi
siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat
xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq
etish.
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali
bo’lishi, ko’p jihatdan, davlat xaridi uchun qaror qabul qilayotgan davlat
xizmatchilarining kvalifikatsiya darajasi, professional tayyorgarligi va
haqqoniyligiga bog’liq. Ko’pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug’ullanadigan
xodimlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish bevosita hukumatning
zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi.


  1. Yüklə 67,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə