Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Yüklə 67,37 Kb.
səhifə8/10
tarix15.06.2023
ölçüsü67,37 Kb.
#117405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘

BOB Davlat xaridini boshqarish

2.1 Davlat xaridini boshqarish orqali kichik biznes sub’ektlarining rivojlanishiga ta’sir.etish

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy


omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki,
tadbirkorning o’z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko’p qirralidir. Bu bozor
siyosatining o’zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta’sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko’rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta’minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko’mak beruvchizamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta’minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni
boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak:
- tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko’radi;
- tadbirkor samaradorlikni ta’minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo’llarini qidiradi;
- biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, oz biznesini
erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi;
- kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning ola-digan foyda yoki
zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo’ladi;
- kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor o’z mablag’larini harakatga
solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday
bo’lishini aniq bilmaydi.
Shunday qilib, tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo’lib,
uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g’oyasiga asoslangan,
foyda olishga yo’naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni umumlashtirgan holda , kichik biznes va
tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotdagi quyidagi afzalliklari bilan ifodalash
mumkin

Kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlar harakatining mustaqilligi –


tadbirkor o’ziga o’zi ho’jayindir. Juda ko’p kichik biznes tashkilotlarida boshqaruv
ierarxiyasiga bo’ysinish kuzatilmaydi, bu esa tashabbuskor tadbirkorga mustaqil faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi. Tezkor va o’zgaruvchan qarorlarning qabul qilish imkoniyati – katta tashkilotlar bilan solishtirganda, kichik korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimi juda ham soddalashtirilgan, bu esa bozordagi turli o’zgarishlar va kutilmagan vaziyatlarpga tez moslashish imkonityaini beradi.
Mahalliy sharoitlarga moslasha olishi – kichik korxonalar mahalliy
bozorning talabi, hohish va istaklari, urf-odatlarini o’rganish va shunga qarab faoliyat olib borish imkoniyatiga egadirlar. AQShning milliy bozorda omadli faoliyat olib borayotgan bir nechta yirik korxonalar ayrim mahalliy bozorlarda kichik korxonalar bilan raqobatlasha olmaganliklari haqida bir nechta misollar bor, chunki kichik korxonalar o’sha hududlarning talablarini yaxshiroq qondiradi Biznes operatsiyalariga ketadigan harajatlarning nisbatan kamligi – katta
korxonalar bilan solishtirganda, kichik biznes korxonalari o’zlarining faoliyat olib
borishlarini ta’minlash uchun kam xarajat sarflashadi, ish haqi fondining nisbatan
kamligi, asbob-uskunalarga ketadigan kichik investitsiyalar va nisbatan kam.

2.2 O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish va boshqarishning joriy xolati
Kapital qurilish sohasida davlat xaridi
Davlat zahiralarini shakllantirish, davlat ehtiyojlari uchun joriy va kapital
xarajatlarni amalga oshirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini, sanoat, qurilish
sohalarida davlat mablag’lari hisobidan xaridni amalga oshirish bo’yicha huquqiy
asoslarni takomillashtirishning dolzarbligi ortmoqda.
Mazkur paragrafda kapital qurilish va qishloq xo’jalik mahsulotlarining davlat
xaridini tashkil etish mexanizmlari o’rganilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kapital qurilishda iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida» 2003 yil 6
maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilish
sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining yagona tizimini yaratish, tanlov
savdolarini tashkil etish va o’tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302son qarori bilan
“O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to’g’risida
NIZOM” qabul qilindi.
Mazkur Nizom kapital qurilish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan
ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog’liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini (keyingi o’rinlarda matnda ishlar, xizmatlar deb yuritiladi) bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish yuzasidan tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o’tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. Iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirishda bitta kontrakt bo’yicha 5,0 mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi summadagi kapital qurilish bilan bog’liq bo’lgan tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishni amalga oshirishda tanlov savdolari Vazirlar Mahkamasining «Tender savdolari o’tkazishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida» 2015 yil 14 sentyabrdagi 264-son qarorida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda o’tkaziladi.
Nizom talablari O’zbekiston Respublikasi hududida markazlashtirilgan
manbalar (davlatning kapital qo’yilmalari), davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag’lari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishda majburiy hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilish ob’ektlari uchun mazkur Nizom talablari tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi.
Nizom, agar xorijiy kreditlar va grantlar berish shartlariga ko’ra o’zgacha
tartib belgilangan bo’lsa, tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga joriy etilmaydi.
Tanlov savdolari o’tkazish to’g’risidagi qaror buyurtmachi tomonidan faqat
tanlov savdolari predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank
ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro’yxati, davlat boshqaruv organi qarori va
boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirda
qabul qilinadi.

Yüklə 67,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə