5-Modul. Moliya: Davlat xaridlari Mavzu: Davlat xaridlari tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi. Reja: Davlat xaridlari tashkil etishning aqsh,Germaniya,Xalqaro Moliya Institutlari tajribasi va tamoyillari 2



Yüklə 156,54 Kb.
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü156,54 Kb.
#152658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qodirov farhod mustaqil moliya

3. Elektron savdolar.
Internet tarmog‘ida elektron hujjat aylanishi yordamida amalga oshiriladigan savdo. Telekommunikatsiya uslub va vositalaridan foydalanadi. Uning asosiy maqsadi, savdoni soddalashtirib va kelishuvlarni tezlatib, hamkorlarning o‘zaro aloqada ishlash samaradorligini oshirish. Elektron savdo rivoj topishiga, EDI «elektron ma’lumotlar almashuv» va EFT «pullarni elektron o‘tkazish» texnologiyalari imkon yaratmoqda. Buning natijasida foydalanuvchi o‘z kompyuteridan:
- tovarlar reklamasi bilan tanishish;
- qiziqish uyg‘otgan tovarlarni virtual borliq maromida ucho‘lchamli rangli tasvirlarini ko‘rib chiqish;
- sotuvchi bilan elektron pochta orqali muzokara olib borish;
- shartnomalarni tayyorlash va imzolash;
- tovarlarga o‘z banki orqali pul to‘lash;
- tovarlar yuklanishi va tashilishini kuzatish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.
Elektron savdo texnologiyalaridan foydalanish sotuvchi va xaridor uchun ko‘pgina harajat turlarini qisqartiradi, xodimlar tomonidan bajarilayotgan amallar sonini kamaytiradi, savdo xizmatlari sifatini oshiradi, xizmatchilarni ikir-chikir ishlardan ozod qiladi. Elektron savdoni tashkil qilishda ma’lumotlar xavfsizligiga katta e’tibor qaratiladi.
4. Yevropa ittifoqining davlat xaridlari tizimi va uning o’ziga xosligi.
G’arb davlatlaming hukumatlari davlat xaridi bo’yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha amaliy ishlarni birinchi bo’lib boshlashga undagan asosiy sabablar sifatida, ushbu davlatlar hukumatlarining o’z xalqi oldidagi majburiyatlarni bajarishga intilib, hukumatlarning davlat va kommunal xarajatlarining yuqori darajada amalga oshirishi, korruptsiya bo’yicha noxush hollarning tez-tez yuz berishi kabilarni ko’rsatish mumkin.EIda davlat xaridini xalqaro darajada tartibga soluvchi qonunchilik sirasiga avvalo, Xalqaro savdo tashkiloti (XST)ning “Hukumat xaridi to’g’risida”gi Kelishuvni ko’rsatib o’tish mumkin. EI darajasida tartibga solish esa, davlat ehtiyolari uchun xaridni yagona shartlar asosida amalga oshirishni ta’minlovchi qator huquqiy aktlar mavjud . Shuni ta’kidlash joizki, 2004 yildan 2006 yilgacha bo’lgan davr, o’tish davri sanalib, bir paytda “eski” yo’riqnomalar bilan bir vaqtda uning o’rnini bosuvchi “yangi” yo’riqnomalar bilan parallel ravishda amal qildi. EIda davlat xaridini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.Odatda, tabiiy monopoliyalar sanaluvchi ayrim iqtisodiyot sektorlarini (suv ta’minoti, energetika, transport va pochta xizmatlari sohasi) davlat xaridi buyicha umumiy qonunchilikning amal qilish doirasidan chiqarish. Yangicha biznesni yuritish va hisob shakllari: kontsessiya hamda xususiy va davlat sektori o’rtasidagi boshqa shakldagi hamkorlik. yangicha biznesni yuritish va hisob shakllari: kontsessiya hamda xususiy va davlat sektori o’rtasidagi boshqa shakldagi hamkorlik. EIga kiruvchi mamlakatlarda davlat xaridi hozirgacha milliy qonunchilik asosida davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ammo, bunda nafaqat xaridni tashkil etish bo’yicha milliy qonunchilik, balki Evropa hamkorligining qonunchiligi va tavsiyalariga ham katta e’tibor qaratiladi


Yüklə 156,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə