5-Modul. Moliya: Davlat xaridlari Mavzu: Davlat xaridlari tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi. Reja: Davlat xaridlari tashkil etishning aqsh,Germaniya,Xalqaro Moliya Institutlari tajribasi va tamoyillari 2


Ochiqlik va ma’lumot olish imkoniyati



Yüklə 156,54 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü156,54 Kb.
#152658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qodirov farhod mustaqil moliya

2.Ochiqlik va ma’lumot olish imkoniyati.
Keyingi paytda mamlakatimizda davlat xaridlari tizimi rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biridir. Davlat xaridlari byudjetdan ajratilgan mablag‘larni maqsadli va raqobatli usulda shaffof ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tizim investitsion muhitni yaratishda ham katta ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ushbu tizim faoliyati uchun muhim chora-tadbirlar belgilangan.
O‘zA muxbirining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlari departamenti direktori Sarvar NAZAROV bilan suhbati aynan shu tizim faoliyati va uni takomillashtirish yo‘lida qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo‘ldi.
– Prezidentimizning 2021 yil 16 iyundagi farmonida davlat xaridlari tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. Shuningdek, 2021 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni ham qabul qilindi. Albatta, bu hujjatlar tizim ishini takomillashtirishda muhim huquqiy asosdir.
Davlat xaridlari tovar xizmatlarini davlat buyutmachilari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun pulli asosda xarid qilish hisoblanadi. Oddiy so‘z bilan aytganda, har bir davlat buyurtmachisi, ya’ni bu korxona bo‘ladimi yoki byudjet tashkiloti bo‘ladimi, u avvalambor, o‘ziga kerakli bo‘lgan tovar xizmatlarini xarid qiladi. Davlat xaridlari platformasi ham shu maqsadga xizmat qiladi. Mana o‘zingiz ham bozorga borganingizda, eng ma’qul, sifatli va arzon tovarni xarid qilasiz. Shunga o‘xshash bu tizim ham ana shunday bozorni yaratib beradigan platformadir.
Ma’lumotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan yilning o‘zida 147 trillionlik tovarlar shu platforma orqali xarid qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 12 foizdan ko‘pdir. Muhimi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan shu bozorga qiziqish ko‘paygan. Tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda davlat xaridlarida 99 ming nafar tadbirkor faol qatnashgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 190 ming nafarga yetdi. 
O‘tgan yili 147 trillionlik bozorning YAIMga nisbatan hissasi 20 foizni tashkil etadi. Rivojlangan davlatlarda ham davlat xaridlarining ulushi YAIMda 20-25 foizdir.
Davlat xaridlari departamenti tomonidan bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
– 2019 yildan boshlab Davlat xaridlariga vakolatli organ Moliya vazirligi qilib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdan. Unga muvofiq, korporativ tashkilotlarni davlat xaridlari tizimiga jalb qilinishi va ularni mazkur tizimda amalga oshirilayotgan xaridlarni monitoring o‘tkazish ko‘zda tutiladi.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yirik davlat korxonalari davlat xaridlari tizimi bilan qamrab olindi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan 2022 yil 1 yanvardan elektron tanlash va tender savdolari elektron shaklda amalga oshirish belgilandi. Joriy yilning yanvaridan boshlab shu tizimni yo‘lga qo‘ydik. 
Tizimda beshta xarid turi, ya’ni elektron do‘kon, auksion savdolari, eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolari asosida xaridlarni amalga oshirish mumkin. Bu raqobatli usul hisoblanadi. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar faoliyati ham mavjud. Elektron auksion va elektron do‘kon orqali shartnomalar tuzish avtomatlashtirilgan. Bu jarayonda inson omili yo‘q. Keyingi yillarda tizimni to‘liq avtomatlashtirishni rejalashtirganmiz.



Yüklə 156,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə