O'zbekiston respublikasi pul tizimi va uning elementlari reja


Pul-kredit orqali tartibga solish



Yüklə 28,81 Kb.
səhifə2/4
tarix19.09.2023
ölçüsü28,81 Kb.
#122529
1   2   3   4
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI

Pul-kredit orqali tartibga solish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlarni va chet el valyutasini xarid qilish va sotish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini o‘zgartirish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi bo‘g‘in kreditor bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
Naqd pul muomalasi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamg‘armalarini tashkil etadi.
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar.
3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
naqd pul muomalasitovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga ko‘rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;

Yüklə 28,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə