O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə22/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
statistika

10-rasm. 2013 yil uchun Jondor-Plyus savdo do’konidagi bir kunlik tovaroborot hajmi, ming.so’m (radial diagramma)

Radial diagrammalar yopiq va spiral ko’rinishda bo’ladi.
Bir davr (yil) mobaynida o’zgaruvchi hodisalar yopiq diagrammalar yordamida tasvirlansa, spiral diagrammalar orqali necha davr (yil) ga tegishli hodisalarning harakati tasvirlanadi va ular har bir davrga (yilga) tegishli mos vaqtdagi (oy, kvartal) darajalarni solishtirish asosini yaratadi.
Radial diagrammalarni hosil qilishda 2 ta o’lchov birligi qo’llaniladi. Birinchi o’lchov doira bo’yicha davrlar, ya’ni bir yilning 12 oyi uchun doirani 12 ta teng sektorlarga bo’luvchi doira markazidan koordinata chiziqlari chiziladi. Bunda har bir sektor orasidagi burchak yil uchun tegishli mos davrni ifodalaydi. Ikkinchi o’lchov doira radiusi uzunligi. Bunda har bir davrga tegishli hodisa darajasi ma’lum bir masshtabda shkalalar orqali tasvirlanadi.
Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning gistogramma, poligon, kumulyata va ogiva deb ataluvchi turlari mavjud. Ular to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi.
Gistogramma – bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunda intervalli belgi o’lchovlari koordinata tizimi abstsissasida, intervalli belgining mos chastotalari (soni, vazni, salmog’i va h.k.) esa ordinata o’qida ma’lum masshtabda shkalalarda belgilanadi.
Poligon – diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Bunda diskret qator o’lchovlari abstsissa o’qida, chastotalar esa ordinata o’qida tasvirlanadi va bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo’ladi. Intervalli qatorni ham poligon orqali tasvirlash mumkin. Bunda intervalli qatorni diskret qatorga (qatorning yuqori va quyi chegarasi o’lchovlari o’rtachasi) shartli keltirish lozim.
Kumulyata egri chizig’i - har bir qatorning chastotalari qo’shib borilishi orqali chastotalar yig’indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham diskret bo’lishi mumkin) darajalari abstsissa o’qida, yangi tuzilgan chastotalar yig’indisi ko’rinishidagi darajalar ordinata o’qida belgilanadi.
Ogiva ham kumulyata egri chizig’i ko’rinishida bo’ladi, lekin koordinata o’qlari turlicha bo’ladi. Ya’ni abstsissa o’qida chastotalar yig’indisi, ordinata o’qida esa variatsion qator darajalari ifodalanadi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin.
Statistika xaritalari – grafik tasvirlash shakllaridan biri bo’lib, statistik ma’lumotlarni hududlar bo’yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo’yicha tasvirlash vositasi bo’lib shtrixli chiziqlar, fonli bo’yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.
Statistika xaritalarining ikki shakli mavjud: xaritagramma, xaritadiagramma.
Xaritagramma – bu sxematik geografik xarita bo’lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor ko’rsatkichi bo’yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali tasvirlashdir.
Xaritagramma fonli va nuqtali xaritagrammalarga bo’linadi. Fonli xaritagrammada hududlar ularni baholovchi darajalarga ko’ra turli ranglar orqali tasvirlanadi. Siyosiy dunyo kartasini bunga misol qilishimiz mumkin. Nuqtali xaritagrammada darajalar nuqtalarning ma’lum bir zichligi, kattaligi orqali ifodalanadi. Fonli xaritogrammalar asosan nisbiy va o’rtacha miqdorlarni ifodalashda, nuqtali xaritogrammalar esa asosan hajmli, miqdoriy ko’rsatgichlarni ifodalashda foydalaniladi.
Xaritalarning yana bir turi xaritadiagrammalardir. U geografik xaritalardagi hududlar hodisalarini diagrammalarda tasvirlash orqali hosil qilinadi. Bunda tasvirlovchi belgi(diagramma)lar bo’lib nuqta, chiziq, ustun, lenta, kvadrat, doira, har xil figuralar xizmat qiladi. Bu belgilar hududlarga tegishli hodisalarning darajasiga yoki xususiyatiga ko’ra turli o’lchovda geografik xaritalarga joylashtiriladi.
Siyosiy dunyo xaritasidagi shaharlarni ifodalovchi belgi – nuqtalar (doira) xaritadiagrammaga misol bo’ladi. Bunda nuqtaning kattaligi u shaharda aholi sonini ifodalaydi.
Xaritadiagramma xaritagrammalarga nisbatan geografik holatlarni o’rganishda qulayroq hisoblanadi. Unda murakkab statistik-geografik ma’lumotlarni ko’rinarli va tushunarliroq holda tasvirlash mumkin.
Shunday qilib, xulosa qilib aytganda, statistik grafiklar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hodisalarni o’rganishda muhim statistik qurollardan biri bo’lib, ularda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning tashqi tasviri yorqin namoyon bo’ladi. Ularni insoniyat hayotida uchraydigan hodisa va jarayonlarning oynasi deb atasak xato bo’lmasa kerak.

Asosiy tayanch iboralar: statistik jadval, jadval maketi, statistik grafik, grafik tasvir, grafik maydon, maydon o’lchovi, masshtab (miqyos)shkala, grafik talqin, dinamik grafiklar, variatsion grafiklar, geografik grafiklar, analitik grafiklar, nuqtali grafiklar, chiziqli grafiklar, yassi grafiklar, hajmli grafiklar, diagramma, xaritogramma, gistogramma, poligon, kumulyata, ogiva, taqqoslovchi grafiklar




Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə