O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet



Yüklə 304,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix13.10.2023
ölçüsü304,75 Kb.
#127434
  1   2   3   4
qishloq xojaligi yer fondi va undan foydalanish




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ 
VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITET 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu:
 
 
 
 
 
 
 
Tekshirdi: ___________ 
Bajardi: ___________ 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2013



Reja: 
 
1. 
Qishloq xo`jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o`ziga xos 
xususiyatlari 
2. 
Qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishning darajasi va 
samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar 
3. 
Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari 



Qishloq xo`jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o`ziga xos 
xususiyatlari 
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko`p 
martalab e`tirof etilgan. Yer sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer 
imoratlar turadigan oddiy baza, qishloq xo`jaligida esa asosiy ishlab chiqarish 
vositasihisoblanadi. YA`ni kishilar yerga ishlov berish yo`li bilan ishlab 
chiqarishga ta`sir etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo`naltiriladigan 
obyekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik sharoitlarni tug`dirish 
natijasida o`simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo`jaligida yuzaga chiqadi. Yer 
har bir xalqning asosiy boyligidir. 
O`zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika 
qishloq xo`jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini 
yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O`zbekiston qishloq xo`jaligiga yaroqli 
yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln. 
gektar. Shundan 3,0-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan 
shug`ullaniladi. Qolgan qismida namlikning juda kam bo`lganligi sababli 
foydalanilmaydi.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport 
va kommunikatsiyalari, daryo va suv havzalari bilan band yerlar, o`rmon xo`jaligi 
yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. 
Biz uchun eng muhimi, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. 
Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo`jaligi tarmog`ida 
foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
Qishloq xo`jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
1).Yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xohlaguncha ko`paytirish 
imkoniga ega emas. Demak, yagona to`g`ri yo`l – mavjud yer resurslaridan 
samarali foydalanishdir. Bundan tashqari sanoatning, kommunikatsiyaning o`sishi 
aholining ko`payishi tabiiy holda bir kishiga to`g`ri keladigan yer maydoni 
qisqarishiga olib keladi. Qolaversa, insoniyat yerdan to`g`ri foydalanmasligi 



oqibatda ularning qishloq xo`jaligi oborotidan chiqib ketish xollari ham yuz 
bermoqda. Taraqiyot6ning tuproq erroziyasi, sho`r bosish, kasalliklarga chalinish 
kabi 
salbiy 
oqibatlarini 
kamaytirish 
har 
bir 
davlatning, 
yerdan 
foydalanuvchilarning birinchi galdagi vazifasidadir. 
2). Yer – tabiat mahsuli. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo`yadi.
Uni yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bazor munosabatlari 
talablaridan kelib chiqib yerning bohasi shakllanadi. Lekin bu boha uning haqiqiy 
narxi qancha ekanligini aniq belgilay olmaydi. Yerni oldi sotdi jarayonlarida bu 
xususiyalarni hisobga olish lozim.
3). Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Bu degani yerdan o`z 
bilganimizcha abadiy foydalanish mumkin degani emas. Balki yerdan to`g`ri va 
oqilona foydalangandagina u qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun abadiy 
bo`lishi mumkin. Yerdan noto`g`ri foydalanish esa uning qishloq xo`jaligi ishlab 
chiqarishi uchun yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo`ladi. Masalan, 2005 
yilning 1-avgusti ma`lumotlariga qaraganda birgina farg`ona vodiysida 2000 yilda 
mavjud bo`lgan 366 ming gektar sug`orilib dehqonchilik qiladigan yerlarning 9 
ming gektari ekin ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.
4). Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya`ni unumdorlikka 
ega. Yerning tabiiy va sun`iy unumdorligi bir – biridan farqlanadi. Tabiiy 
unumdrolik – yerning inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan hosil 
bera olish qobiliyatidir. Inson aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik 
sun`iy unumdorlikdir. Bu unumdorlikni oshirish imkoniyatlari katta. Keyingi 
yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki respublika yerlarining tabiiy 
unumdorligi pasayib bormoqda. Tuproqda mavjud bo`lgan gumus moddasining 
pasayishi kuzatilmoqda. Buning oldini olishning asosiy yo`llari yerga dam berish, 
yerlarning holatini hisobga olib qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish, yerga 
organik o`g`itlarni (har bir gektarga kamida 15 tonanadan) solish, sug`orishning 
ilg`or texnologiyalaridan foydalanish zarur. 
5). Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish mumkin emas. Demak qishloq 
xo`jaligida yerdan foydalanishni yaxshilash uchun har bir xo`jalik (shirkat, fermer 



va dehqon) hududida qanday sifatga ega yer bo`lsa shunga qarab ekin turlarini 
joyashtirish lozim. Bu xususiyat qishloq xo`jaligi korxonalariga faoliyat uchun 
o`rnatiladigan soliq tizimini ishlatishda ham hisobga olinishi talab qilinadi.
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish, 
texnikaning qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday 
bo`lishi maqsadga muvofiqligi to`g`risida inkor etib bo`lmaydigan talablarni 
keltirib chiqaradi.

Yüklə 304,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə