|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys
dollarlik bitta loyihani amalga oshirdi.
2
Lizing
loyihalarining katta qismi qishloq xo‘jaligida amalga oshirilib kelinmoqda.
8.4. Lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan lizing
operatsiyalari
Bugungi kunda O‘zbekistonning lizing bozorini “O‘zavializing”,
“O‘zlizinginterneyshnl AJ”, “O‘zkeysagrolizing”, “Baraka” ULK, Osiyo-
Yevropa trast kompaniyasi va boshqalar namoyon etadilar. Mazkur lizing
kompaniyalarining asosiy vazifasi lizing doirasida tovarlarning eksport
salohiyatini
oshirish
maqsadida
O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor
tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab
chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish uchun lizing
xizmatlarining keng assortimentini taklifdan iborat. Bu kompaniyalar biznesning
xilma-xil yo‘nalishlari bo‘yicha turli lizing xizmatlarini ko‘rsatadilar. Ularning
faoliyatida eng ko‘p uchraydigan lizing turi moliyaviy lizingdir. Kompaniyalar
faoliyatida eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq loyihalarga alohida imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Ushbu kompaniyalar lizing obyektini tanlash mas’uliyatini o‘z zimmalariga
olmaydilar (Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi bundan mustasno). Bu masalada
mijozlarga “Texnoinvest” qo‘shma korxonasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasi, injiniring va konsalting firmalari kabi bozor tuzilmalari
yordam ko‘rsatishi mumkin. Lizing muddati bir yildan yetti yilgacha bo‘lishi
mumkin. Eng past % stavkasi Osiyo-Yevropa trast kompaniyasiga (OETK)
to‘g‘ri keladi. Buning sababi shuki, OETK Kanadaning “Raanani xolding”
xususiy kompaniyasining shu’ba korxonasi, uning Nizom fondini mazkur
kompaniya tashkil qilgan, ya’ni OETK boshqa moliya-kredit tuzilmalaridan
kredit resurslari jalb qilmaydi. Bundan tashqari, OETK lizing oluvchilarga
texnikani o‘zi topib beradi va narxidagi farq hisobiga lizing % stavkasini juda
past belgilaydi. Boshqa lizing kompaniyalariga kelsak, ularda dastlabki o‘z
kapitali yetarlicha katta bo‘lmaganligi tufayli, lizing operatsiyalarini amalga
oshirish uchun qarz mablag‘laridan foydalanishlari to‘g‘ri keladi. Shu sababli,
ularning lizing % stavkalari yuqori. Har bir lizing kompaniyasining lizing berish
2
Гозибеков Д.Г. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти - Т.: Фан ва технология, 2004,
223б.
101
shartlari ham turlicha.
Masalan,
Dostları ilə paylaş: |
|
|