O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2016 yil



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2016 yil. 



K I R I SH 
Fanni 
o‘rganish 
dolzarbligi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tishda 
O‘zbekistonning sanoat korxonalari oldida bir qator muammolar vujudga keldi. 
Bu muammolar ichida raqobatchilik o‘sib borayotgan sharoitlarga moslashish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxining yuqoriligi sababli sotuv bozorining 
qisqarishi, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, xom-ashyo va materiallar 
yetkazib beruvchi ta’minotchilarni izlab topishdagi qiyinchiliklar hamda 
moliyaviy resurslarning cheklanganligi eng asosiylari hisoblanadi. Hozirgi 
paytda korxonalar o‘z o‘rnini yo‘qotmaslik uchun bir qator xususiyatlarga – 
moslashuvchanlikka, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga, ishlab 
chiqarilayotgan tovar assortimentini tez o‘zgartira olish xususiyatiga ega bo‘lishi 
lozim. Buning uchun korxonalar zamonaviy ishlab chiqarish vositalariga ega 
bo‘lishlari zarur, bu esa katta miqdorda investitsiyalar jalb etishni talab qiladi. 
Yuzaga kelgan vaziyatda respublikamiz uchun an’anaviy bo‘lmagan yangi 
investitsiya manbalarini izlab topish zarur. Oxirgi yillar mobaynida asosiy ishlab 
chiqarish fondlarini sotishning asosiy shakllariga muqobil sifatida lizing 
faoliyati namoyon bo‘lmoqda. U tadbirkorlikda yangi, yanada kuchli 
motivatsion stimullarni yaratadi, ishlab chiqarishga yangi texnikalarni kiritishni 
tezlashtirishga ko‘maklashadi. 
Lizing nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda ham 
tadbirkorlik faoliyatining eng yosh turlaridan biri hisoblanadi. Lizing XX 
asrning 50 - yillarida AQSHda paydo bo‘lib, 60 - yillarning boshidayoq butun 
Yevropada keng tarqala boshladi hamda mablag‘larni asbob-uskunalarga 
investitsiya qilishning eng samarali va ishonchli usuli sifatida tan olindi. AQSH 
va G‘arbiy Yevropada lizingning bunday jadal sur’atlarda rivojlanishida 
davlatning roli kattadir. Davlat sezilarli soliq imtiyozlari, amortizatsiya va kredit 
imtiyozlarini taqdim etish yo‘li bilan lizingning rivojlanishi uchun qulay 
sharoitlar yaratib berdi.
O‘zbekistonda lizing rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lsada, yaqin 
kelajakda uning nafaqat o‘z imkoniyatlariga tayangan holda, balki davlatning 
qo‘llab-quvvatlashi yordamida jadal sur’atlar bilan rivojlanishi kutilmoqda. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida 2006 - yilda 
iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor masalasi – bozor islohotlarni 
chuqurlashtirishi va iqtisodiyotni yanada erkinlashtrishdan iborat
1
. O‘zbekiston 
1
Каримов И.А., “Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни 
модернизация ва ислоҳ этишдир”. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Олий Мажлис қонунчилик 
палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2005, 29 январь, 20 сон. 



Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kidlab ko‘rsatganidek, “Bugun biz uchun 
g‘oyat zarur bo‘lgan investitsiyalar oqimi kuchayishiga, qishloq xo‘jaligi 
texnikasini, transport va samolyotlar parkini yangilashda lizing amaliy vosita 
bo‘lib xizmat qilishi zarur”.
2

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə