O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


I bob. LIZINGNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

I bob. LIZINGNING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Lizingning ta’rifi va mohiyati 
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida lizingdan keng foydalanilib, u 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning eng maqsadga muvofiq usullaridan 
hisoblanadi. O‘zbekistonda esa ma’lum bir xatti-harakatlarga qaramay, lizing 
rivojlanishining shakl va yo‘llari endi belgilanmoqda. 
Biroq iqtisodiyot inqirozga uchragan, ko‘plab korxonalar yirik moliyaviy 
vositalarni ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va texnikalarni yangilashga 
kirita olmayotgan bir holat ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish va 
mamlakatdagi barcha mulkchilik shaklidagi, birinchi navbatda innovatsion 
tadbirkorlik bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 
katta miqdordagi mablag‘larni, jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilishga 
imkon beruvchi lizingning rolini oshirish zaruratini talab qiladi. 
Istalgan tarmoqda lizing tadbirkorligining muvaffaqiyatga erishishi ko‘p 
jihatdan uning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilish hamda ushbu 
mexanizmdan unumli foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan 
lizingning mohiyati, uning tabiati va salohiyati, vazifalari va tashkiliy shakllari 
nimadan iborat ekanligini aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi paytda xorijiy mamlakatlarda “lizing” tushunchasining yagona 
talqini mavjud emas. Kimdir lizingni kreditlashning o‘ziga xos shakli deb 
tasavvur qilsa, boshqalar uni uzoq muddatli ijaraga o‘xshatadilar. Ba’zilar 
lizingni ishlab chiqarish vositalari oldi-sotdisining yashirin usuli deb qarasa
boshqa birov lizingni o‘zgalar mulkini ishonch qog‘ozi beruvchining topshirig‘i 
bo‘yicha boshqarish bilan bog‘laydilar. 
1
Lizing atamasining hozirgi talqini Aristotelning (“Ritorika” asaridagi) 
so‘zlariga borib taqaladi. Unda aytilishicha boylik bu mulkka xususiy mulk 
sifatida egalik qilish emas, balki undan (mulkdan) oqilona foydalanishdir. Bu 
fikr lizingning mohiyati juda aniq izohlaydi: foyda olish uchun ishlab chiqarish 
vositalari yoki boshqa turdagi mulkka ega bo‘lish shart emas, undan foydalanish 
va daromad olishning o‘zigina yetarlidir.
1
“Lizing” tushunchasi “mulk”ni egalik 
qilish huquqi va foydalanish huquqiga taqsimlashga asoslanadi.
2
O‘zbek tilida lizing atamasiga aynan mos keluvchi so‘z mavjud emas. 
Semantika (so‘zning ma’no jihatidan) nuqtai nazaridan bu atamaga ko‘proq ijara 
1
Горемыкин В.А. Основы технологии лизинговых операций - М.: ИНФРА-М, 2000, 25 c.
1
Газман В.Д. “Лизинг. Теория и практика - М.: Фонд “Праовая культура”, 2000, 10 c.
2
Лещенко М.И. “Основы лизинга” - М.: Финансы и статистика, 2001, 37 c.



va ijaraga berish so‘zlari to‘g‘ri keladi. Shu sababli, ko‘p hollarda lizing atamasi 
turli texnika vositalari, binolar va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan inshootlarni 
uzoq muddatli ijaraga berish sifatida talqin qilinadi. Ijaraga berish uch 
tomonlama bitim doirasida amalga oshirilib, unda moliyalashtiruvchi lizing 
kompaniyasi (lizing beruvchi) mulkni mulk ishlab chiqaruvchidan (mulk 
egasidan) mijozning (lizing oluvchining) tanlovi asosida sotib oladi va uni 
mijozga ijaraga beradi, bunda egalik huquqi lizing kompaniyasida (lizing 
beruvchida) qoladi. Lizing qatnashchilari o‘rtasida yuzaga keluvchi 
munosabatlar bir nechta shartnomalarning mavjudligini asoslab beradi, bu esa 
lizing operatsiyalarining alohida elementlariga yangicha xislatlar taqdim etadi va 
ularni bir-biri bilan chambarchas bog‘laydi. Xususan, asosiy lizing 
shartnomasidan tashqari, oldi-sotdi, kredit, kafolat, xizmat ko‘rsatish kabi 
boshqa shartnomalar ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 
Lizingga xos xususityalardan biri bu shartnomalarning murakkab tarzda 
birlashuvi va bunda yuzaga keluvchi munosabatlarning o‘zaro chambarchas 
bog‘lanishidir. 
Bunda 
mulkni 
vaqtinchalik 
foydalanishga 
berishdagi 
munosabatlar asosiy hisoblanadi. Lizing bitimi va moliyaviy oqimlar sxemasi 1-
chizmada keltirilgan. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə