O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing obyektlari va subyektlari



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
1.2. Lizing obyektlari va subyektlari 
Lizing bitimlarini imzolashda lizing obyektlarini ta’riflash muhim 
ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi 
Qonuniga ko‘ra (3-modda), “tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan 
iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy 
komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa 
ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyekti bo‘lishi mumkin”.
1
Lizingning asosiy 
sharti shuki, lizing obyektlaridan faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish 
talab qilinadi. Ijaradan farqli ravishda barcha ko‘chmas mulklarning asosi 
hisoblanuvchi yer maydonlari va tabiiy komplekslar lizingga berilishi mumkin 
emas. Lizingning asosiy shartiga ko‘ra lizing obyektlaridan faqat tadbirkorlik 
maqsadlaridagina foydalanish mumkin. Lizing obyektlari 2-chizmada aks 
ettirilgan.
2-chizma. Lizing obyektlari. 
1
Ўзбекистон Республикасининг “Лизинг тўғрисида” ги қонуни, 1999 й. 14 апрель, 3-модда
Lizing 
obyektlari 
Ko’char mulk 

transport vositalari

qurilish texnikasi; 

aloqa vositalari; 

kompyuterlar 

stanoklar, 
mexanizmlar, asbob-
uskunalar. 
Ko’chmas mulk 

bino va 
inshootlar: 

Ishlab chiqarish; 

savdo; 

maishiy-
kommunal. 


11 
Klassik lizing subyektlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin (3- 
chizma): 

lizing beruvchi (lizing predmeti egasi) - huquqiy shaxs bo‘lib, mulkni 
ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) sotib oladi va uni lizing shartnomasi 
bo‘yicha lizing oluvchiga beradi; 

lizing oluvchi (lizing predmetidan foydalanuvchi) – huquqiy shaxs yoki 
huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda xususiy tadbirkor sifatida 
ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro bo‘lib, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing mulkini 
vaqtincha foydalanishga oladi; 

yetkazib beruvchi (ta’minlovchi) – lizing predmetini sotuvchi – huquqiy 
yoki jismoniy shaxs bo‘lib, lizing oluvchi tanlagan mulkning egasi hisoblanai va 
lizing beruvchi bilan ushbu mulk bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə