O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili. 
Hozirgi davrda 
lizingdan foydalanish nazariyasi va amaliyoti sohasida mamlakatimizdagi va 
chet ellik olimlar tomonidan muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan. Richard 
Breyli, V. Xoyer, K.I. Shpittler kabi chet ellik iqtisodchilarning asarlarida 
nazariy-metodologik muammolar tadqiq etilgan. Rossiyalik mutaxassislardan 
V.D. Gazman, V.A. Goremikin, E.V. Kabatova, M.I. Leshenko va boshqalar 
lizing nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Lizing va undan 
foydalanish amaliyotining ayrim masalalari respublikamiz iqtisodchi olimlari 
M.I. Yo‘ldashev, A. Ma’murov, O. Sobirov, D.G‘. G‘ozibekovlarning ilmiy 
ishlarida yoritilgan. 
V.D. Gazman tomonidan 2006 - yilda tayyorlangan “Lizing” nomli 
darslikda lizingning paydo bo‘lish tarixi, lizing biznesning iqtisodiy va huquqiy 
asoslari, lizing jarayonini texnologiyasi va asosi, lizing faoliyatining asosiy 
hujjatlari tahlili kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan. Ushbu darslikda
 
lizing munosabatlarini davlat tomonidan rivojlantirishi

lizing faoliyatini 
sug‘urtalash va lizing bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llanishi 
ko‘rsatilgan. 
D.G‘. G‘ozibekov, O.SH. Sabirov, A.G. Mo‘minov, O.M. Kuljonov 
tomonidan 2004 - yilda tayyorlangan “Lizing munosabatlari nazariyasi va 
amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmada lizing munosabatlari ilg‘or mamlakatlar 
tajribasi, lizing munosabatlarining nazariy asoslari, investitsion loyihalarini 
moliyalashtirishda lizing samarasini aniqlash, lizing shartnomalarni tuzish va 
lizing to‘lovlarini hisoblash, lizingning buxgalteriya hisobi kabi masalalar 
ko‘rsatilgan. 
O‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonda lizing munosabatlari 
rivojlantirish va kengaytirish masalalari, kichik biznes va tadbirkorlar faoliyatini 
moliyalashtirishda lizingi qo‘llash imkoniyatlari ham yoritib berilgan.
V.A. Goremikin tomonidan 2003 - yilda tayyorlangan “Lizing” nomli 
darslikda Rossiyani qonunlar va normativ hujjatlariga asoslangan holda muallif 
tomonidan tuzilgan algoritm-chizmalar bilan lizing biznesini iqtisodiy va 
huquqiy asoslari, lizing bitimlarini amaliy amalga oshirish iqtisodiy 
2
Каримов И.А. Иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштириш – бизнинг 
асосий вазифамиз. - Т.: Ўзбекистон, 2000, 399-б.



texnologiyasi, lizing kompaniyalarni tuzish jarayoni, lizing loyihalarni tanlash 
va baholash mexanizmi kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llana namunaviy o‘quv 
dasturi asosida yozildi. O‘quv qo‘llanadagi nazariy xulosalar bevosita amaliyot 
bilan bog‘liq holda yoritishga harakat qilindi. 




Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə