109
•
joriy narxlarda hisob-kitob qilish;
•
inflyatsiya tufayli lizing investitsiya loyihasi doirasida ishlab
chiqariluvchi mahsulot narxi, ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishini bashorat
qilish muammosi, loyiha muddati uzun (5-7 yil) bo‘lganda juda murakkab vazifa
hisoblanadi;
•
u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy cheklashlarni hisobga
olish;
•
boshlang‘ich kapital darajasi;
•
o‘zini qoplash muddatining uzoqligi;
•
foydaga erishishdagi noaniqliklar va hokazo.
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashni amalga oshirish
shartlari va usullaridan foydalanish muammosini ko‘rib chiqish natijasida
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Lizing loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash uchun mablag‘larni
ishlab chiqarishga kiritish loyihalarini tahlil qilish va ishlab chiqishning standart
usullaridan foydalaniladi.
2. Investitsiya loyihalari bo‘yicha hisob-kitoblar juda murakkab bo‘lib,
mavjud kompyuter dasturlari bashorat qilishdagi qiyinchiliklar sababli
ishonchlilikni ta’minlay olmaydi.
3. Investitsiya loyihalarini baholash natijalarining ishonchliligiga
erishishda hisob-kitoblarni doimiy narxlarda olib borish yordam berishi
mumkin.
4. Investitsiya loyihasini iqtisodiy baholashning lizing oluvchi uchun eng
ma’qul usulini tanlash lizing shartlarida asbob-uskunalar sotib oluvchi
korxonalarning investitsiyalar miqyosiga bog‘liq. Bir martalik va miqdori eng
katta lizing bitimi uchun murakkab va qimmat tadqiqot va hisob-kitoblarni
amalga oshirish zarurati yo‘q. Moliyaviy-iqtisodiy baholashning investitsiya
loyihasini lizing oluvchining ehtiyojlar darajasini baholash imkonini beruvchi
soddalashtirilgan uslubiyatini qo‘llash kifoya.
Dostları ilə paylaş: