O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
dollarlik bitta loyihani amalga oshirdi.
2
Lizing 
loyihalarining katta qismi qishloq xo‘jaligida amalga oshirilib kelinmoqda.
 
8.4. Lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan lizing 
operatsiyalari 
Bugungi kunda O‘zbekistonning lizing bozorini “O‘zavializing”, 
“O‘zlizinginterneyshnl AJ”, “O‘zkeysagrolizing”, “Baraka” ULK, Osiyo-
Yevropa trast kompaniyasi va boshqalar namoyon etadilar. Mazkur lizing 
kompaniyalarining asosiy vazifasi lizing doirasida tovarlarning eksport 
salohiyatini 
oshirish 
maqsadida 
O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor 
tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish uchun lizing 
xizmatlarining keng assortimentini taklifdan iborat. Bu kompaniyalar biznesning 
xilma-xil yo‘nalishlari bo‘yicha turli lizing xizmatlarini ko‘rsatadilar. Ularning 
faoliyatida eng ko‘p uchraydigan lizing turi moliyaviy lizingdir. Kompaniyalar 
faoliyatida eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq loyihalarga alohida imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 
Ushbu kompaniyalar lizing obyektini tanlash mas’uliyatini o‘z zimmalariga 
olmaydilar (Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi bundan mustasno). Bu masalada 
mijozlarga “Texnoinvest” qo‘shma korxonasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar palatasi, injiniring va konsalting firmalari kabi bozor tuzilmalari 
yordam ko‘rsatishi mumkin. Lizing muddati bir yildan yetti yilgacha bo‘lishi 
mumkin. Eng past % stavkasi Osiyo-Yevropa trast kompaniyasiga (OETK) 
to‘g‘ri keladi. Buning sababi shuki, OETK Kanadaning “Raanani xolding” 
xususiy kompaniyasining shu’ba korxonasi, uning Nizom fondini mazkur 
kompaniya tashkil qilgan, ya’ni OETK boshqa moliya-kredit tuzilmalaridan 
kredit resurslari jalb qilmaydi. Bundan tashqari, OETK lizing oluvchilarga 
texnikani o‘zi topib beradi va narxidagi farq hisobiga lizing % stavkasini juda 
past belgilaydi. Boshqa lizing kompaniyalariga kelsak, ularda dastlabki o‘z 
kapitali yetarlicha katta bo‘lmaganligi tufayli, lizing operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun qarz mablag‘laridan foydalanishlari to‘g‘ri keladi. Shu sababli, 
ularning lizing % stavkalari yuqori. Har bir lizing kompaniyasining lizing berish 
2
Гозибеков Д.Г. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти - Т.: Фан ва технология, 2004, 
223б. 


101 
shartlari ham turlicha.
Masalan, 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə