O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing xizmatlari bozorni muammolari



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
8.5. Lizing xizmatlari bozorni muammolari 
Hozirgi paytda, kompaniyalar lizing faoliyatini amalga oshirish davomida 
ko‘pgina muammolarga ham duch kelmoqdalar. Ularning eng asosiylari: 

bozor munosabatlari sharoitida respublikamizda lizing munosabatlarini 
rivojlantirish va keng yo‘lga qo‘yish uchun xo‘jalik subyektlarining to‘lov 
qobiliyatini kuchaytirish, turli taxlikalarni oldini olish, qayta moliyalash 
stavkalarini pasaytirish kabi muammolarni qo‘yadi;

lizing kompaniyalarida yetarli darajada dastlabki kapitalning yo‘qligi; 


104 

lizing sohasini axborot bilan ta’minlash tizimining yo‘qligi;

lizing bozori infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi. Xorijiy 
tajribaning ko‘rsatishicha, lizing kompaniyalarining raqobat sharoitida samarali 
faoliyati ko‘p jihatdan rivojlangan infratuzilma majmuiga bog‘liq. Samarali 
hayotiy lizing loyhalarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan konsalting 
kompaniyalari va firmalarini, boshqa vositachilik tashkilotlarini tuzish zarur. 
Lizing kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlar bilan 
moliyaviy resurslar berib turadigan maxsus fondlar bo‘lishi lozim; 

lizing faoliyatini kengaytirish maqsadida lizing kompaniyalari uchun 
tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo‘llash imkoniyatlarini o‘zlariga havola 
etish, amortizatsiya muddatlarini aniqlashda, amortizatsiya ajratmalarini 
ishlatishda erkinliklar yaratish asosiy masalalardir;

ishonchli lizing oluvchini to‘g‘ri tanlash, ular taklif etadigan 
loyhalarning hayotiyligi va samaradorligini aniqlash lizingdan foydalanish 
amaliyotidagi asosiy muammolardan biridir. Shu bilan birga, lizing oluvchining 
kredit qobiliyatini aniqlash va lizing bo‘yicha to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘p 
jihatdan lizing operatsiyalarining samaradorligini oldindan belgilab beradi. Bu 
masalalarni to‘g‘ri hal qilish uchun xalqaro tajribaga asoslanib O‘zbekistondagi 
iqtisodiy vaziyatni e’tiborga olib ish tutish lozim;

moliyalashtirish usulini to‘g‘ri tanlash, xavf-xatarlarni boshqarish, 
bartaraf etish tizimining rivojlanmaganligi, qonun hujjatlariga va o‘tish 
iqtisodiyotining o‘zgaruvchan sharoitlariga asoslanib, lizing bitimlarining 
samaradorligini to‘g‘ri baholash ham muhim muammodir; 

lizing 
faoliyatida 
marketing 
darajasining 
pastligi. 
Bu 
lizing 
kompaniyalari faoliyatida eng dolzarb ichki muammolardan biridir.

lizing kompaniyalari O‘zbekiston hududining turli burchaklarida tashkil 
etilishi zarurdir. Lizing kompaniyalariga to‘lanadigan vositachilik yig‘imlari, 
mukofotlarni belgilash uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqish bozorning mazkur 
segmentidagi hal etilmagan muammolardan hisoblanadi. 

Lizing faoliyatida yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligi. 
Mazkur muammolarning hal qilinishi O‘zbekiston bozorlarida lizingga 
keng yo‘l ochadi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə