O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
 
 
 
 


105 
8.6. Lizing xizmatlari bozorini rivojlanish istiqbollari 
O‘zbekiston iqtisodiyoti real sektorini rivojlantirishga hamda kichik 
biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatda lizing 
xizmatlarini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 
O‘zbekistan Respublikasi qonunchilikda kiritilgan o‘zgartirishlar bank 
krediti va asosiy vositalarga safarbar etiladigan investitsiyalarni boshqa turlari 
bilan bir qatorda lizingni investitsion mohiyatini anglatadi. Bu o‘zgartishlar 
O‘zbekistonda lizingni rivojlantirishni mustahkam zaminini yaratib berdi. Bular 
asosida esa, ayniqsa kichik biznes subyektlari uchun, lizing qulay hamda 
nisbatan jalb etuvchan moliyaviy vosita sifatida xizmat qilishi mumkinligiga 
ishonch hosil qilindi. Amalga oshirilgan o‘zgartirishlar, nafaqat mavjud bo‘lgan 
lizing kompaniyalari, balki mamlakatimiz lizing sektoriga tashqi va ichki 
investitsiyalar oqimi o‘sishi evaziga yangidan tashkil etiladigan kompaniyalar 
faoliyatiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Chet el kapitali oqimining 
o‘sishi lizing kompaniyalari xizmatlari doirasini kengaytirish va operatsiyalar 
hajmini oshirish yo‘li bilan ular kapitallashuvi masalalariga ko‘maklashadi. 
O‘zbekistan tijorat banklari ham lizing xizmatlari hajmini va lizing sektorini 
moliyalashtirishni kengaytiradi. 
Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish loyihasi ekspertlari tomonidan 
2003 - yil boshlarida O‘zbekistonda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish 
imkoniyatlari tadqiqoti amalga oshirildi. Tadqiqot olib borilishi jarayonida 
O‘zbekistonning barcha hududlaridaga turli mulkchilik shaklidagi 192 korxona 
so‘rovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, 2003 - yilda 
mamlakatimizda kichik biznesni qondirilmaydigan lizing xizmatlari talabi 15 
mln. AQSH dollariga yaqindir.
1
Mamlakat ishlab chiqarish mehnat resurslarini asosiy qismi qishloq. 
xo‘jalik sektoriga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan eng asosiy zaruriyat qishloq 
xo‘jalik sektoriga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan eng asosiy zaruriyat qishloq 
xo‘jalik texnikasi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash uskunalariga 
to‘g‘ri kelishi kuzatiladi. Yengil va oziq-ovqat sanoati uskunalari lizingiga 
bo‘lgan talab ham yuqori darajada. Savdo uskunalari lizinga o‘zlashtirilmagan 
bo‘lib, uning kelajagi juda ham samarali bo‘lishi shubxasizdir. E’tiborni jalb 
qiladigan masalalardan yana biri shaxsiy avtotransport, uzoq, muddatli iste’mol 
buyumlari lizingini rivojlantirish masalalaridir. 
1
Анализ рынка лизинга в Центральной Азии, май 2003, 1Р8, 17 бет.


106 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə