O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing samaradorligini baholash usullarini tanlashga ta’sir



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
9.2. Lizing samaradorligini baholash usullarini tanlashga ta’sir 
ko‘rsatuvchi sabablar 
Lizing samaradorligini baholashni iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri va eng 
ishonchli amalga oshirish bitim ishtirokchilari oldida turgan eng murakkab 
vazifa bo‘lib, bunga quyidagilar 
sabab
bo‘ladi:
1

korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi investitsiya 
strategiyasini tanlash; 
1
Газман В.Д. “Лизинг. Теория и практика-М.:2000, 308б. 


109 

joriy narxlarda hisob-kitob qilish; 

inflyatsiya tufayli lizing investitsiya loyihasi doirasida ishlab 
chiqariluvchi mahsulot narxi, ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishini bashorat 
qilish muammosi, loyiha muddati uzun (5-7 yil) bo‘lganda juda murakkab vazifa 
hisoblanadi; 

u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy cheklashlarni hisobga 
olish; 

boshlang‘ich kapital darajasi; 

o‘zini qoplash muddatining uzoqligi; 

foydaga erishishdagi noaniqliklar va hokazo.
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashni amalga oshirish 
shartlari va usullaridan foydalanish muammosini ko‘rib chiqish natijasida 
quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. Lizing loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash uchun mablag‘larni 
ishlab chiqarishga kiritish loyihalarini tahlil qilish va ishlab chiqishning standart 
usullaridan foydalaniladi. 
2. Investitsiya loyihalari bo‘yicha hisob-kitoblar juda murakkab bo‘lib, 
mavjud kompyuter dasturlari bashorat qilishdagi qiyinchiliklar sababli 
ishonchlilikni ta’minlay olmaydi. 
3. Investitsiya loyihalarini baholash natijalarining ishonchliligiga 
erishishda hisob-kitoblarni doimiy narxlarda olib borish yordam berishi 
mumkin. 
4. Investitsiya loyihasini iqtisodiy baholashning lizing oluvchi uchun eng 
ma’qul usulini tanlash lizing shartlarida asbob-uskunalar sotib oluvchi 
korxonalarning investitsiyalar miqyosiga bog‘liq. Bir martalik va miqdori eng 
katta lizing bitimi uchun murakkab va qimmat tadqiqot va hisob-kitoblarni 
amalga oshirish zarurati yo‘q. Moliyaviy-iqtisodiy baholashning investitsiya 
loyihasini lizing oluvchining ehtiyojlar darajasini baholash imkonini beruvchi 
soddalashtirilgan uslubiyatini qo‘llash kifoya. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə