O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 33,58 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü33,58 Kb.
#139988
hisobot



O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
“Qurilishni boshqarish “fakulteti “Shahar qurilishi va xo’jaligi”
Kafedrasi 60711300-Metrologiya,standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti(tarmoqlar bo’yicha)yo’nalishi
“O’QUV TANISHUV AMALIYOTI” ga


HISOBOT

Qabul qildi:____________


Bajardi:_______________

Toshkent-2023


MUNDARIJA
Kirish
1.

Kirish.
Insoniyat taraqiy etib borar ekan uning ehtiyojlari ham yangi yangi bosqichga


chiqib boraveradi bugungi jadal rivojlaninshning yutuqlari ham aynan shunday
ehtiyojlatni qanoatlantirishga yonaltirilgan. Jumladan sanoat, qurilish, ishlab
chiqarish, kabi sohalarni aytish mumkin.
Mamlakatimizda qurilish sohasiga bo‘layotgan e’tibor undagi rivojlanishning
yangi bosqichiga olib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining prizidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan, olib
borilayotgan islohatlarni samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har
tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” prizident
Farmonining (PF-60) tasdiqlanishi islohatlarni mutloq yangi bosqichga olib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish Sohasida Davlat
Boshqaruvi Tizimini Tubdan Takomillashtirish Chora-Tadbirlari To‘g‘risida”gi
PF - 5392 sonli Farmonida Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning
shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi
zamonaviy tizimni yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini
ta’minlash maqsadida.
O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yilda
«O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-lashtirish agentligi
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning (PQ,2017a)
qabo‘l qilinishi va mazkur qarorga ko‘ra, Standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik
reglamentlarni tizimli joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar
bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish,
shuningdek, « O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi » tuzilmasini
xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida:
- mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda
eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini
xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida
qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash
ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish kabi asosiy ustuvor
vazifalari belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 27 – noyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va
innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan PF-6119-sonli
farmoniga muvofiq qurilish tarmog‘ini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda
qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini
shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlash, sohaga
raqamli texnologiyalarni ilg‘or joriy etish vazifasi; shuningdek Prezidentimizning
mamlakatimiz parlamenti Oliy Majlisga 2017 yil 22
dekabrdagi murojaatnomasida kelgusida qurilish sohasini isloh qilish va jadal
rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida qaralishini qayd etib, qurilish sohasini
2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturi asosida barcha qurilish-pudrat
tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish ustida jiddiy
shug‘ullanish zarurligi ta’kidlandi. Eng zamonaviy loyihalar va o‘ziga xos
arxitektura yechimlari asosida uy-joy qurish mavzusiga alohida to‘xtalib, aholi
uchun arzon va namunaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar,
ofislar, biznes markazlari, dam olish majmualari, milliy va zamonaviy uslubdagi
infratuzilma ob’ektlari, yangi yo‘llar va boshqa inshootlar qurilishi keyingi yillarda
keskin ko‘payishi belgilandi.
1.”O’zbekiston milliy metrologiya instituti”DM korxonasi haqida ma’lumot.
O‘tgan asrning 30-yillarida Turkiston Respublikasi ichki savdoni tartibga
solish Qo‘mitasi qoshida o‘lchovlar va tarozilar byurosi, 1924 yilda Standartlar va
o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Shu
yilniig o‘zida O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilari Palatasi tashkil qilindi va u aynan
O‘rta Osiyo respublikalarida metrologik xizmatlar asoschisi bo‘ldi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshchilik
qilayotgan O’zbekiston Respublikasi Davlat metrologik xizmati ko‘p tarmoqli,
texnik jihatdan to‘la jihozlangan, zamonaviy me’yoriy va metodik xujjatlar bilan
ta’minlangan Respublika sinov va sertifikatlashnirish markazi , O’zbekiston milliy
metrologiya instituti, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiytadqiqot instituti, 16 ta xududiy markazlar va 148 ta yuridik shaxslar metrologik
xizmatlaridan iborat bo‘lgan katta tizimdir. O’zbekiston milliy metrologiya
institutining asosiy vazifasi respublikamizda o‘lchashlar birligini ta’minlash orqali
noto‘g‘ri o‘lchashlarning salbiy natijalaridan iste’molchilar xuquqlari, fuqarolar
sog‘lig‘i va xavfsizligi, atrof muhit hamda davlat manfaatlarini muhofaza qilish va
davlatimiz eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning bugungi dolzarb
masalalaridan biri bu – davlatimiz ekport salohiyatini oshirish. Bu masalani hal
qilishda metrologiyaning o‘rni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalqaro savdoga
ko‘maklashish uchun mamlakatda o‘tkazilgan o‘lchashlar natijalarini boshqa
davlatlar tomonidan tan olinishini ta’minlash bu masalaning asosiy negizi sanaladi.
Respublikamizda berilgan sertifikatlar boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi
eksport qiluvchilarga qulayliklar yaratib, eksport mahsulotlarini tan narxi
arzonlashtirilishiga olib keladi.

O‘zstandart» agentligining Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli
«Standartlashtirish, metrologiya vasertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-
sonli «Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirishagentligining tuzilishini va faoliyatini tashkil» Respublika
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish
markaziga o‘zgartirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28
apreldagi «O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2935-sonli
qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi,
«Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat
korxonasi va
«Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti»
davlat muassasasining metrologik bo‘linmalari negizida «O‘zbekiston milliy
metrologiya instituti» davlat korxonasini («O‘zMMI» DK) tashkil etildi

Metrologiya institutiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:


 metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan
hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini
ta’minlash;
 yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va
tegishli darajada saqlab turish;
 davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;
 mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish,
yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;
Bugungi kunda Metrologiya instituti tarkibida o‘lchash vositalari ustidan
davlat metrologik nazorati bo‘yicha 7 laboratoriya faoliyat yuritadi.


2.Texnik me’yorlash standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti
Yüklə 33,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə