O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahridagi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti



Yüklə 14,67 Kb.
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü14,67 Kb.
#129698
1   2   3
Mavzu Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish-fayllar.org

Elektron to‘lov texnologiyasi 
Elektron to‘lov texnologiyasi Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul
o‘tkazish yo‘li bilan xisoblashishi jarayonida naqd pul ishtirok
etmaydi, faqatgina sotib oluvchi hisob raqamidan sotuvchining xisob
raqamiga pul ko‘chiriladi. Pul o‘tkazish yordamida hisob-kitob
qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o‘tkazish, bank kartasi
yordamida hisob-kitob qilish, cheklar va shunga o‘xshash usullar).
Istalgan maqsadda bankdan pul o‘tkazish operatsiyasi tranzaktsiya
deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma
ma’nosini anglatadi).
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda,
bank kartaning egasiga xizmat ko‘rsatish uchun tizim qatnashchisidan
qatnashchiga uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan
yaratiladigan ma’lumotlar ketma-ketligidir.
Tranzaktsiya quyidagi asosiy xossalarga ega:
-Bo‘linmaslik;
-Izolyatsiyalangan;
-Ishonchlilik;
-Karta egasi va xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi aloqa.
Elektron savdo-sotiqning barqarorligi ko‘p xollarda axborot
oqimining doimiyligi bilan aniqlanadi. Firma Internet orqali elektron
savdo-sotiq bilan shug‘ullansa, unda bu firma o‘zining
raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda firmaning xizmat
ko‘rsata olish chegaralari ancha kengayadi. Interaktiv biznesni qullab-



quvvatlanishini asosiy faktori sifatida kelishuvlarni va moliyaviy


operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi.
Internet – Logistika qo‘yidagi oqimlar bilan ishlaydi.
-Tovar ko‘rinishida mahsulotlar oqimi yoki material oqim
-Xizmatlar oqimi
-Axborot oqimi
-Turistlar oqimi
-Ishchi kuchi oqimi
-Bank mahsulotlari oqimini





Yurtimizda elektron tijorat 
Jadal o‘zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar
raqobatdoshligi, ko‘p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa
va ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir
emas. Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash
hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan,
bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to‘lovlarning yangi turlari
hayotga tatbiq etilayapti, to‘lov amaliyoti soddalashtirilayotir.
Bularning barchasi, jumladan, axborot texnologiyalari taraqqiyotining
hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy poydevorni yanada
takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko‘rib chiqilayotganining
boisi ham shunda.
- Yurtimizda elektron tijorat jabhasidagi munosabatlarni tartibga
solish maqsadida mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirilgan.
Jumladan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar
to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza
qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron
tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilingan. Shu asosda
elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi
tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Ularning afzalliklari esa
hamyurtlarimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Mazkur
qulayliklar ko‘magida xo‘jalik sub’yektlari bilan fuqarolar o‘rtasida
tijorat amaliyotlari tezkor va samarali bajarilayotir, buyurtmachilar



bilan tovar yetkazib -beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifat


jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.






Xulosa 

Shunday ekan, shubhasiz, tadbirkorlar zamonaviy axborot-


kommunikatsiya xizmatlari yordamida dunyoning istalgan davlatidan
hamkor topishi, o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishi
mumkin. Shu o‘rinda hozirgi vaqtda mamlakatimizda yuzdan ortiq
tijorat -maydonlarida 700 dan ziyod brokerlik idoralari birja
savdolarini elektron tarzda ham amalga oshirayotganini alohida qayd
etish lozim. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasining yangi
tahriri ushbu yo‘nalishni yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan
ahamiyatlidir.
U tadbirkorlikni yanada taraqqiy toptirish va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratib berish, shuningdek,
xalqaro standartlarga mos texnologik bozor infratuzilmasini -tashkil
etishga xizmat qiladi. Qonun loyihasida tijoriy takliflar, elektron
tijorat kelishuvlari va shartnomalari ijrosi bilan bog‘liq hisob
fakturalari hamda boshqa hujjatlarni nafaqat qog‘ozda, balki elektron
shaklda ham rasmiylashtirishga doir norma nazarda tutilayapti. Bu esa
elektron bitimlarni rasmiylashtirish va ularni amalga oshirish
taomillarini osonlashtiradi, tijorat amaliyotlari shaffofligini oshiradi,
tovar hamda xizmatlar sotib oluvchilarga tegishli narxlar, sifat va
yetkazib berish shartlari haqidagi ma’lumotlarni zudlik bilan olishlari
uchun sharoit yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
https://www.google.com 

http://fayllar.org



Yüklə 14,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə