O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/33
tarix24.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#112636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
SUYAK-MUSHAK TIZIMI SEMIOTIKASI oquv-uslubiy qollanma

ANNOTATSIYA
Ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma tibbiyotning oliy o‘quv muassalarining
davolash «60910200» fakulteti talabalari, magistrlar, statsionar va oilaviy
poliklinika sharoitidagi umumiy amaliyot shifokorlari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, ishchi o‘quv dasturi tarkiga kiradi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv
yurtlarining tibbiyot fakulteti talabalari uchun bolalar kasalliklari dasturi asosida
tayyorlangan. Bolalar suyak va mushak tizimi jarohatlanish semiotikasi va
sindromlari to‘g‘risidagi ma’lumot xajmi o‘quv dastur sifatini oshirib,
qo‘shimcha ma’lumotni o‘rganish va ma’lumot doirasini kengaytirish
imkoniyatini yaratadi. Qo‘llanmada bolalarda kuzatiladigan suyak va mushak
tizimidagi jarohatlanish muammolariga e’tibor beriladi. Taqdim etilgan
materiallar talabalarga erta bolalikdan salomatlikni shakllantirishda suyak va
mushak tizimidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash axamiyatini yaxshiroq
tushunishga yordam beradi. Talabalar bolalarda mushak-skelet tizimini
o‘rganish, raxitning asosiy klinik belgilarini aniqlash, laboratoriya ma’lumotlari
va suyak rentgenogrammalarining natijalarini o‘qish, vitamin D3 dozasini
hisoblash ko‘nikmalarini o‘zlashtirish. Raxitni davolash va oldini olish uchun
asosiy tamoyillari
haqida malumotlarni o‘zlashtirishi amaliyotda muhim
ahamiyatga ega.
Tibbiyot oliygoxlari talabalari uchun mo‘ljallangan.


3
KIRISH
Ma’lumki suyak tizimi organizmni muayyan holatda saqlab muxofaza
etuvchi harakatga keltiruvchi tayanch bo‘lish bilan birga bir qatorda hayotiy
zarur bo‘lgan qon ishlab chiqarishda modda almashinuvida ishtirok etadi.
Oilaviy shifokorlarning bolalar suyak-mushak tizimini tekshirishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu orqali shifokorlar kasalliklarga erta tashxisot qo‘yish
ushbu kasalliklarni davolash va bolalar orasida nogironlikni oldini olish kabi
masalalarga yechim topadilar.
Hozirgi vaqtda raxitni davolash va oldini olishda erishilgan yutuqlar tufayli
uning og‘ir shakllarini kamdan-kam uchratish mumkin. Biroq, o‘rtacha
og‘irlikdagi va hatto yengil raxit tananing umumiy reaktivligiga, bolaning turli
kasalliklarining borishi va natijalariga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Bolalardagi
ORVI, pnevmoniya va boshqa ko‘plab kasalliklar raxit fonida yanada
og‘irlashadi va ko‘pincha asoratlar bilan birga keladi, raxitning engil shakllari
bilan ham uzoq, surunkali shaklga o‘tadi. Yosh bolalarning aqliy va motorli
rivojlanishi kechikishi mumkin. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni
tekshirganda, ko‘pincha erta yoshda raxitning qoldiq asoratlarini ko‘rish
mumkin, ularning ba’zilari kattalardagi nuqsonlarga, shu jumladan ayollarda
tug‘ilishning qiyin kechishiga olib kelishi mumkin.


4

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə