O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix24.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#112636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
SUYAK-MUSHAK TIZIMI SEMIOTIKASI oquv-uslubiy qollanma

Kalla qutisi
. Tug‘ilish vaqtiga kelib kalla qutisi keng tog‘ayli va biriktiruvchi
to‘qimali qatlamlar bilan bog‘langan ko‘p sonli suyaklardan iborat. Kalla
gumbazi suyaklari orasidagi choklar (sagittal, tojsimon, ensa) shakllanmagan va
faqat bola hayotining 3-4 oylaridan yopila boshlaydi. Suyaklarning qirralari
tekis, tishchalar faqat bola hayotining 3-yilida hosil bo‘ladi. Kalla qutisi
suyaklari orasidagi choklarning shakllanishi 3-5 yoshga kelib to‘xtaydi.
Choklarning bitib ketishi 20-30 yoshlarda sodir bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh suyagining eng xarakterli xususiyati –
liqildoqlar mavjudligi (kalla gumbazining suyaklanmagan membranali joylari),
buning natijasida kalla qutisi juda elastik bo‘ladi, uning shakli homila boshining
tug‘ilish kanali orqali o‘tishi paytida o‘zgarishi mumkin.
Katta liqildoq tojsimon va sagittal choklarning kesishmasida joylashgan.
Uning o‘lchamlari – suyaklarning qirralari orasiga o‘lchanganda – 1,5x2 sm dan
3x3 sm gacha. Katta liqildoq odatda 1-1,5 yoshda yopiladi (hozirgi vaqtda u
ko‘pincha hayotning 9-10 oylari orasida sodir bo‘ladi).
Kichik liqildoq ensa va tepa suyaklari orasida joylashgan, tug‘ilish vaqtiga
kelib u sog‘lom to‘liq tug‘ilgan chaqaloqlarning 3/4 qismida yopilgan bo‘ladi,
qolganlarida esa 1-2 oy oxirigacha yopiladi.
Yetilib tug‘ilgan chaqaloqlarda yon liqildoqlar (oldingi ponasimon va orqa
so‘rg‘ichsimon) yopilgan bo‘ladi
.
Kalla qutisining miya bo‘limi yuz bo‘limidan sezilarli darajada katta (yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarda 8 marta, kattalarda esa atigi 2 marta). Yangi tug‘ilgan
chaqaloqning ko‘z kosasi keng, peshona suyagi ikkita qismdan iborat, qosh usti
ravoqlari ifodalanmagan, peshona sinusi shakllanmagan. Jag‘lar yaxshi
rivojlangan, pastki jag‘ ikki qismdan iborat.


7
Rasm 15. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning kalla qutisi. 1 – peshona liqildog‘i, 2 – sagittal chok,

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə