135
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o„quv jarayonini bahs-
munozarali o„tkazishda qo„llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o„z fikrini himoya
qilishga, erkin fikrlash va o„z fikrini boshqalarga o„tkazishga, ochiq
holda bahslashishga hamda
shu bilan birga bahslashish madaniyatini o„rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog„ozga
o„z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni
bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni
bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko„rsating
M-ko„rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
Inson kundalik
faoliyatida muloqotning
o„rnini qanday baholaysiz?
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko„rsating
M-ko„rsatilgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
2-guruh
Savol
Shaxsda psixik jarayonlarni
rivojlanishida muloqotning o„rni sizningcha
qanday?
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko„rsating
M-ko„rsatilgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
Shaxslararo muloqotni aniqlash testi.
“
O`zgalarni tinglay olasizmi?”
Quyida berilgan savollarga keltirilgan javoblarning o`zingizga mosini tanlab belgilang.
1. Sizningcha suxbatlashishdan maqsad nima?
a) suxbatdoshni yaxshiroq o`rganish;
b) biror masala bo`yicha o`z fikrini bildirish;
v) fikr almashish va muhokama qilish.
2.
Sizga bolalar «Bulutlar qayerda uxlaydi?», «Buvilar kichkina bo`lishganmi?» tarzida
savollar berishadimi?
a)
ha, tez-tez;
b)
hech kachon;
v)
ba‟zan.
3.
Ertalab ishga yoki o`qishga ketayotib, qo`shiq xirgoyi qilasizmi?
a)
ha, doimo bir xil ashulani;
b)
ha, odatda har xil ashulani;
v)
yo`q, hech qachon.
136
4.
Yig`ilish oxirida ma‟ruzachiga savollar berasizmi?
a)
ha, doimo nimanidir so`rashga to`g`ri keladi;
b)
ba‟zan, uning fikri bilan qo`shilmaganimda;
v)
hech qachon.
5.
Do`stingiz yoki kasbdoshingiz bilan suxbatlashgandan so`ng o`sha muammo yuzasidan
o`z qarashlaringizni o`zgartirganmisiz?
a)
ko`pincha shunday bo`ladi;
b)
ba‟zan;
v)
hech qachon.
6.
Kim bilandir suxbatlashayotganda:
a)
ko`proq siz gapirasiz;
b)
ko`proq suxbatdoshingiz gapiradi;
v)
ikkalangiz teng gapirasiz.
7.
Narxi bir xil bo`lganda siz nimani harid qilishni afzal ko`rasiz?
a)
kitobni;
b)
qo`shiqli diskni;
v)
kinoga biletni.
8.
Sherigingiz sizga aloqasi bo`lmagan o`z muammosi xususida gaplashmoqchi. Siz nima
deb o`ylaysiz?
a)
«qimmatli vaqtni yo`qotdim-a»;
b)
«endi unga tapsirim kuchliroq bo`ladi»;
v)
«unga yordam beryapman».
9. Quyidagi jumlalarning qay biri sizning nuqtai nazaringizga to`g`ri keladi?
a)
ayni muammo yuzasidan mutaxassisgina aniq fikrga ega bo`lishi mumkin;
b)
chiroyli gapirishni bilgan odam xohlagan mavzusida ham gapirishi mumkin;
v)
ko`pincha mutaxassislarga o`z muammolari va g`oyalarini bayon etish uchun notiqlik
malakasi yetishmaydi.
10. Suxbat chog`ida hayolingiz chalg`ib ketsa, nima qilasiz?
a)
gapirayotganni to`xtatib, o`sha yerni qaytarishni so`rayman;
b)
suxbat oxirida so`rashim uchun noaniq joyini eslab kolaman;
v)
umuman menga hamma narsa ayon.
11. Ertalab radio orqali eshitgan axborot yoki qo`shiqni qaytara olasizmi?
a)
ha, doimo;
b)
ha, lekin esga tushirish
uchun vaqt kerak;
v)
eslay olmayman.
12. Estrada qo`shiqchisida sizga ko`proq nima yoqadi?
a)
ovozi;
b)
tashqi ko`rinishi;
v)
sahnada o`zini tutishi.
13. Konsertlarga tushish siz uchun:
a)
qoniqish hosil qiladigan hodisa;
b)
ko`p qatori bo`lish;
v)
yaxshi ko`rgan xonanda bilan uchrashuv.
14. Siz
mehmondasiz, u yerda sizdan boshqa yana 5-6 kishi bor. Siz gap boshlaganingizda,
ko`pincha:
a) sizni hech kim tinglamaydi;
b) hamma sizga maxliyo bo`ladi;
v) siz suxbatning tashabbuskori emassiz.
137
15. Siz jamiyatda ro`y berayotgan barcha hodisalardan xabardorsiz. CHunki siz:
a) muntazam televizor ko`rasiz;
b)
radio eshitasiz;
v) gazeta o`qiysiz.
Dostları ilə paylaş: